Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan viloyat prokuraturasi jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Soliq boshqarmasining komplayens va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasining sho‘ba boshlig‘i xizmat mavqeidan foydalanib, zargarlik buyumlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJga nisbatan 1 mlrd so‘mdan ortiq savdo aylanmasini yashirganlik holatini ro‘kach qilib, 145 mln so‘m miqdorida sun’iy jarima qo‘llash bilan tahdid qilgan hamda ushbu jarimani bekor qilish va kelgusida “yordam ko‘rsatish” evaziga 10 mln so‘m qiymatdagi tilla taqinchoq talab qilgan.
U porani olayotgan vaqtida huquq-tartibot organlari tomonidan ashyo dalillari bilan qo‘lga olingan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!