30-aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo asosan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ko‘pchilik hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo ochiq bo‘lib, harorat kunduzi 30–32 darajagacha ko‘tariladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda esa ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, shamol esa ayrim hududlarda 18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo chang-to‘zonli shamollar kuzatilishi ehtimoli bor. Markaziy viloyatlarda (Sirdaryo, Jizzax, Samarqand) havo iliq va quruq bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysida kunning ikkinchi yarmida qisqa yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qashqadaryo va Surxondaryoda esa harorat 35 darajagacha yetadi.
Tog‘li hududlarda esa yomg‘ir, momaqaldiroq hamda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi xavfi bor. 29-apreldan 4-maygacha tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!