Markaziy bank boshqaruvi 2026-yil 29-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlashga qaror qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil mart oyida yillik umumiy inflyatsiya 7,1 foizgacha, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foizgacha pasaygan. Prognozlarga ko‘ra, yil yakuniga qadar inflyatsiya darajasi 6,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror o‘sish sur’atlari saqlanib qolmoqda. Shu asosda 2026-yil uchun iqtisodiy o‘sish prognozi 7–7,5 foiz darajasiga oshirilgan.
Shu bilan birga, jahon bozorlaridagi geosiyosiy ziddiyatlar, neft va oziq-ovqat narxlarining oshishi hamda logistika xarajatlarining ko‘payishi inflyatsiyaga bosim yaratishi mumkinligi ta’kidlangan.
Markaziy bank pul-kredit siyosati orqali inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli darajaga tushirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholining xarid qobiliyatini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.
Asosiy stavkani qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 2026-yil 17-iyun kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!