$
11821.18 UZS
14.21
₽
140.44 UZS
0.58
€
13419.40 UZS
-11.03
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston OTMlariga kirish uchun xotin-qizlarga 2 mingta davlat granti ajratiladi

11:38 / 16.06.2022

OTMga o‘qishga kirishda xotin-qizlarga qo‘shimcha 2 mingta davlat granti ajratiladi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan:

  • davlat OTMga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi;
  • davlat OTMga (moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik (idora) tomonidan tasdiqlanadi hamda har yili 20-iyungacha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
  • OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos keluvchi imtihon fanlari majmuasi imtihon sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin e’lon qilinadi.

Shuningdek, 2022/2023-o‘quv yilidan respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 1 000 ta o‘rin ajratib boriladi.

Qarorga ko‘ra, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tavsiyanomasini olgan, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun 2022/2023-o‘quv yilidan bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qo‘shimcha 2 000 ta davlat granti ajratiladi. Bunda:

  • tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlarining kamida 50 foizi aniq va tabiiy fanlar, texnika va tibbiyot yo‘nalishlari orasida taqsimlanadi;
  • har yili 20-iyulgacha tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun davlat granti o‘rinlarining OTM va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi:

2021/2022-o‘quv yilida davlat OTM magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2022/2023-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori;

2022/2023-o‘quv yilidan davlat OTM magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt miqdori.


Bu ham qiziq

14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda

14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini i…
17:01 / 30.09.2026
30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026
O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolarga 105,4 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi

O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolarga 105,4 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi

2026-yil avgust oyida “Quyoshli xonadon” dasturidan foydalangan 61 548 nafar fuqaro quyosh panellari orqali ishlab chiqarib,…
09:34 / 30.09.2026
Ishlaydigan onalarning oilaviy bog‘cha badali budjet hisobidan qoplanadi

Ishlaydigan onalarning oilaviy bog‘cha badali budjet hisobidan qoplanadi

Kelasi yil 1-yanvardan 2–3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishlaydigan onalarning bog‘cha badali budjet hisobidan…
14:37 / 30.09.2026
Termizda Damas avtomobilida 21 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi

Termizda Damas avtomobilida 21 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi

Termiz shahrida Damas avtomobilida 21 nafar voyaga yetmagan bola olib ketilayotgani aniqlandi. Bolalar xususiy oilaviy bog‘c…
15:42 / 30.09.2026
Rossiyada Tu-95 harbiy samolyoti qulab tushdi: olti kishi halok bo‘ldi

Rossiyada Tu-95 harbiy samolyoti qulab tushdi: olti kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Amur viloyatida Tu-95 strategik bombardimonchi samolyoti o‘quv-mashg‘ulot parvozi vaqtida halokatga uchradi. Eki…
09:29 / 30.09.2026
Shavkat Mirziyoyev ayollar terma jamoalarimiz ham Olimpiadada katta iroda va matonat ko‘rsatganini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev ayollar terma jamoalarimiz ham Olimpiadada katta iroda va matonat ko‘rsatganini ta’kidladi

Birinchi jamoa 11 turning yettitasida g‘alaba qozonib, dunyoning kuchli shaxmat mamlakatlari vakillari bilan tengma-teng kur…
17:19 / 29.09.2026
Shavkat Mirziyoyev: “Hech bir texnologiya bolaning qalbiga ustozdek yo‘l topa olmaydi”

Shavkat Mirziyoyev: “Hech bir texnologiya bolaning qalbiga ustozdek yo‘l topa olmaydi”

O‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda dunyoda bilim yaratish, axborot tarqatish va mehnat qilish usullari jadal o‘zgar…
13:57 / 30.09.2026
Turkiyada shifokorlar bemorning sog‘lom qulog‘ini operatsiya qildi

Turkiyada shifokorlar bemorning sog‘lom qulog‘ini operatsiya qildi

Turkiyaning Kojaeli shahrida shifokorlar bemorning kasallangan o‘ng qulog‘i o‘rniga sog‘lom chap qulog‘ida jarrohlik amaliyo…
10:31 / 30.09.2026
O‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi

O‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi

O‘zbekistonda pedagoglar uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik majburiy malaka oshirish kursida o‘qish talab…
14:17 / 30.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!