$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Qozog‘istonda tahsil olayotgan talabalar bugun Toshkentga qaytmoqda

21:52 / 07.01.2022

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan 35 nafar o‘zbekistonlik Uzbekistan Airways samolyoti orqali uyga qaytmoqda.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan 35 nafar o‘zbekistonlik talabalar “Uzbekistan Airways”  OAJ  samolyoti orqali O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqida Qozog‘istondagi O‘zbekiston elchixonasiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

“O‘tayotgan hafta davomida o‘zbekistonliklar qo‘shni Qozog‘istondagi voqealarni katta hayajon bilan kuzatmoqda. Va ko‘pchilik ushbu mamlakatda bo‘lib turgan o‘z yaqinlari hayoti uchun qayg‘urgani haqiqat. Bular orasida Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari ham bor.
Ushbu talabalarning ota-onalari farzandlarining taqdiri haqida qayg‘urib, o‘zlarini qo‘yishga joy topa olmadi. Ammo davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy siyosati va respublika fuqarolariga bo‘lgan yuksak e’tibori tufayli bir necha soatdan keyin bizning farzandlarimiz Toshkentga yetib keladi.

Barcha talabalarning ota-onalari nomidan farzandlarimizni Vatanga qaytarish bo‘yicha amalga oshirilgan ushbu sa’y-harakatlar uchun O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasiga minnatdorlik bildiramiz. Ayni paytda ushbu universitetning barcha talabalari samolyotda uchib kelmoqda.

Jonajon yurtimiz  va qo‘shni davlatlarda  tinchlik bardavom bo‘lsin”, deb yozgan Qozog‘iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ota-onalari qo‘mitasi raisi To‘ra To‘rayev o‘zining Telegram kanalida.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatiya vakolatxonalari odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda. Zarur hollarda O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Zarurat tug‘ilganda o‘zbekistonliklar istalgan vaqti O‘zbekistonning Nur-Sulton (telefon: +7 771 020 36 73), Olma-ota (telefon: +7 777 950 44 33) va Aqtau (telefon: +7 777 599 00 51) shaharlaridagi diplomatiya vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.


Bu ham qiziq

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasida ötirib, uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan mahkum va uning…
16:10 / 19.11.2026
Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş materiallari sanoatidagi natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtalib, yaqin yill…
15:08 / 20.11.2026
Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash yig‘ilishi…
13:59 / 19.11.2026
Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan inv…
15:04 / 20.11.2026
Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026
AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şox…
14:50 / 20.11.2026
Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026
Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Özbekistonda yirik strategik loyihalarni mahalliy quriliş materiallari bilan ta’minlaş böyiça yangi vazifalar belgilandi. Xu…
15:26 / 20.11.2026
Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!