$
12344.61 UZS
-82.22
149.70 UZS
2.74
14501.21 UZS
-65.52
31° Kechasi 18°

Oʻzbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish davlat komissiyasi tashkil etildi

10:16 / 03.02.2023

Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

Oʻzbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish boʻyicha davlat komissiyasi tashkil etildi va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:

– maxsus organlarni qurol-yarogʻ, harbiy va maxsus texnika hamda boshqa harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar bilan taʼminlash boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbollarni belgilash;

– Oʻzbekiston Qurolli kuchlarini harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar bilan taʼminlash boʻyicha kompleks dasturlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;

– maxsus organlarni harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar bilan taʼminlashni moliyalashtirish masalalarini koʻrib chiqish va uning manbalarini belgilash;

– davlat mudofaa buyurtmasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

– yangi harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish yoki mavjudlarini modernizatsiya qilish, investitsiyalarni jalb qilish va ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikni yoʻlga qoʻyish, sohani rivojlantirish uchun imtiyozlar va preferensiyalar berish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;

– harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak anjomlari, dori vositalari, yonilgʻi-moylash materiallari va boshqa harbiy-texnik mol-mulkning strategik zaxiralarini yaratish choralarini belgilash;

– mudofaa sanoatini rivojlantirish, harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar boʻyicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish masalalarini koʻrib chiqish;

– urush davri uchun mahalliy ishlab chiqarish korxonalariga safarbarlik topshirigʻini biriktirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;

– maxsus organlarni qurollantirish va mudofaa sanoatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishini koʻrib chiqish.

Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi negizida:

– Mudofaa vazirligi huzurida Mudofaa sanoati agentligi;

– Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida Oʻztextreyd davlat unitar korxonasi tuzildi.

Keltirilishicha, Oʻztextreyd xorijda ishlab chiqariladigan harbiy mahsulotlarni xarid qilish, eksport qilish bilan shugʻullanadi.


Bu ham qiziq

Toshkentdagi janjalda maktab o‘quvchisi pichoqlandi

Toshkentdagi janjalda maktab o‘quvchisi pichoqlandi

Toshkent shahar IIBB hodisa yuzasidan rasmiy axborot berdi
21:41 / 14.09.2025
16-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

16-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-sentyabr kuni Toshkentda havo o‘zgari…
18:14 / 15.09.2025
Poytaxtdagi avtobus yo‘nalishlari tutash hududlargacha uzayadi(mi?)

Poytaxtdagi avtobus yo‘nalishlari tutash hududlargacha uzayadi(mi?)

Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi bu borada tushuntirishlar berib o‘tdi
18:25 / 14.09.2025
Pokistonning Panjob viloyatida yuz bergan suv toshqinlarida 97 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Panjob viloyatida yuz bergan suv toshqinlarida 97 kishi halok bo‘ldi

Tabiiy ofat natijasida 2,4 millionga yaqin aholi evakuatsiya qilinishi kerak edi. Bu haqda Pokistonning Dawn nashri xabar be…
13:02 / 14.09.2025
15-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 17-19, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi
22:54 / 14.09.2025
Hafta o‘rtasida harorat 20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Hafta o‘rtasida harorat 20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

“Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi Janubiy Qozog‘iston ustidagi yuqori siklon bilan bog‘liq bo‘lgan salqin va nam havo…
14:09 / 15.09.2025
Isroilning G‘azoga uyushtirgan oxirgi hujumlarida 7 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga uyushtirgan oxirgi hujumlarida 7 kishi halok bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil armiyasining G‘azoning turli hududlarida uyushtirgan hujumlarida 7 kishi halok bo‘lgan va ko‘pla…
14:21 / 14.09.2025
Markaziy osiyoliklarga Rossiya fuqaroligini berishni to‘xtatish taklif qilindi

Markaziy osiyoliklarga Rossiya fuqaroligini berishni to‘xtatish taklif qilindi

Fikrlarga ko'ra, migrantlar oqimining ortishi Rossiya milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda
20:59 / 14.09.2025
Isroil G‘azoda tarixiy asarlar joylashgan hududni bombardimon qildi

Isroil G‘azoda tarixiy asarlar joylashgan hududni bombardimon qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil G‘azo sektori shimolidagi qadimiy ashyolar joylashgan bino yaqinidagi turar-joylarni bombardimon…
11:25 / 15.09.2025
Toshkentda yer cho‘kib, avtobus botib qoldi

Toshkentda yer cho‘kib, avtobus botib qoldi

Mazkur hodisa oqibatida yo‘lovchilar orasida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
12:06 / 15.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!