$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 45 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi

19:00 / 13.05.2025

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov boshchiligidagi mamlakatimiz ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiyaning Kobulga safari doirasida O‘zbekiston-Afg‘oniston biznes-forumi va "V2V" shaklidagi uchrashuvlar tashkil etildi. Bu haqda Dunyo AA xabar berdi.

Forumning ochilish marosimida Afg‘oniston sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Ahmadulloh Zohid so‘zga chiqib, O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha amalga oshirayotgan tashqi siyosati, hamkorligi va xalqaro maydonda afg‘on xalqini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borayotgan sa’y-harakatlarini yuksak baholadi. U, shuningdek, "Termiz xalqaro savdo markazi", Kobul va Mozori-Sharif shaharlarida "O‘zbekiston savdo uy"lari ochilganini e’tirof etgan holda, mazkur tarmoqlar imkoniyatlaridan ikki mamlakat biznes vakillari unumli foydalanishlari muhimligini ta’kidladi.

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov o‘z navbatida mamlakatlarimiz hukumatlari sa’y-harakatlari tufayli so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo hajmi sezilarli darajada oshganini urg‘uladi.

Afg‘oniston savdo va investitsiyalar palatasi raisi Muhammad Yunus Momand O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning faol rivojlanib borayotganini alohida ta’kidlab, afg‘on tadbirkorlariga yaratilayotgan imtiyozlar uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

Rasmiy tadbirdan so‘ng 96 nafar o‘zbekistonlik va 110 nafar afg‘on tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum va "B2B" uchrashuvlar tashkil etildi. Muloqot chog‘ida oziq-ovqat, elektrotexnika mahsulotlari va qurilish materiallari sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida ikki davlat ishbilarmonlari va kompaniyalari o‘rtasida umumiy qiymati 45 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi.


Bu ham qiziq

Belarus hukumati 123 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi

Belarus hukumati 123 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi

The Insider nashr bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmati bayonotiga tayanib xabar bermoqda.
08:34 / 14.12.2025
Sidneydagi plyajda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Sidneydagi plyajda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Ma’lumot uchun, Bondi-bich plyaji Avstraliyaning eng mashhur plyaji bo‘lib, u ko‘plab syorfingchilarni va sayyohlarni o‘ziga…
15:51 / 14.12.2025
“Gryaz” yetakchisi Turkiyada ushlandi

“Gryaz” yetakchisi Turkiyada ushlandi

O‘zbekistonda bir qator og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, uzoq vaqt qidiruvda bo‘lgan “Gryaz” laqabli jinoiy uyu…
11:54 / 14.12.2025
O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda 405,5 mingta tijorat tashkilo…
16:40 / 14.12.2025
Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

WSJ gazetasining yozishicha, Zelenskiy o‘z xalqi ishonchini yo‘qotmagan holda Oq uyning taklifiga konstruktiv yondashmoqchi …
08:34 / 15.12.2025
O‘zbekistonda harorat pasayib, hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘adi

O‘zbekistonda harorat pasayib, hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘adi

Respublika hududlarida 16-dekabrdan havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim viloyatlarda kechqurun yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin…
15:08 / 15.12.2025
Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida 13 nafar bo…
17:03 / 14.12.2025
Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 6 milliard 33 million so‘mlik…
11:57 / 15.12.2025
“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

Hujjatga muvofiq, tizim avvalo Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman hamda shaharlarda joriy etiladi.
10:59 / 15.12.2025
Saida Mirziyoyeva Rimdagi “Insoniy birodarlik”–2026 mukofoti hay’atining yakuniy yig‘ilishida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Rimdagi “Insoniy birodarlik”–2026 mukofoti hay’atining yakuniy yig‘ilishida ishtirok etdi

“Hurmatli hay’at a’zolari bilan birgalikda mukofot sovrindorlarini saralash jarayonida qatnashganimdan xursandman”, – deb yo…
16:28 / 13.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!