$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

O‘zbekiston yo‘llarida shovqin balandligini o‘lchaydigan radarlar joriy qilinishi mumkin

15:29 / 29.01.2022

Endilikda O‘zbekiston yo‘llarida baland shovqin chiqaradigan avtomobillarni aniqlash imkonini beruvchi maxsus radarlar o‘rnatilishi mumkin. Bu haqida Adliya vazirligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hozirda O‘zbekistonda zararli shovqin ta’siriga qarshi kurashish masalalarini tartibga soluvchi yagona normativ-huquqiy hujjat mavjud emas.

Adliya Vazirligi ayni paytda «tungi vaqt» bo‘yicha yagona tushuncha mavjud emasligi, ushbu vaqt Mehnat kodeksining 122-moddasiga muvofiq – soat 22:00 dan 06:00 gacha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 192-moddasiga muvofiq – 23:00 dan 06:00 gacha, «Turar joy binolarida, jamoat binolari va uy- joy qurilishi hududlarida ruxsat etiladigan shovqin me’yorlaridan oshmasligini ta’minlashga qo‘yiladigan sanitariya qoidalari va normalari»ga (SanPiN 0267-09-son) muvofiq esa – 23:00 dan 07:00 gacha deb belgilanganini eslatar ekan, bu borada rivojlangan davlatlar, jumladan, Yaponiyada 1968-yilgi «Shovqinni tartibga solish to‘g‘risida», AQSHda 1972-yilgi «Shovqinni nazorat qilish to‘g‘risida», Buyuk Britaniyada 1996-yilgi «Shovqin to‘g‘risida» qonunlarini namuna qilib ko‘rsatgan.

Vazirlik nazarda tutayotgan mazkur tizim shovqin darajasi kuchli bo‘lgan avtomashinani tanib olish, avtomatik ravishda suratga olish va uning raqamini o‘qish qobiliyatiga ega shovqin radarlari orqali avtotransport egasiga jarima to‘lash zarurligi haqida xatni avtomatik ravishda yuboradi.

“Ushbu tashabbuslarning imkon qadar tezkorlik bilan amalga oshirilishi jamiyat hayotini yaxshilash, shovqinning salbiy ta’siriga barham berish, shuningdek, zararli mehnat sharoitlariga ega ishchilar hamda shovqin ta’siri mavjud noqulay hududlarda yashovchi aholi uchun adolatli kompensasiya to‘lovlari joriy etilishiga xizmat qiladi”, – deyiladi vazirlik xabarida.


Bu ham qiziq

Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Yosh bolaga zo‘ravonlik qilgan erkak sarlavhali videolar tarqalgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab b…
21:37 / 10.05.2025
Buyuk Britaniyada migratsiya qoidalari kuchaytiriladi

Buyuk Britaniyada migratsiya qoidalari kuchaytiriladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer migratsiya qonunchiligida keng ko‘lamli islohotlarni e’lon qildi.
18:34 / 12.05.2025
UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:53 / 11.05.2025
11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:58 / 11.05.2025
Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Tarkibda Olimpiada va jahon chempioni ham bor.
12:29 / 10.05.2025
Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina uchta O‘zbekiston kompaniyasi va bir O‘zbekiston fuqarosiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Tegishli farmonni prezident …
18:38 / 11.05.2025
Mas’ud Pezeshkiyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi

Mas’ud Pezeshkiyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon rasmiy tashrif bilan Tehron shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respubl…
20:32 / 12.05.2025
Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazi…
21:37 / 12.05.2025
Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiyaning Vladimir Putin tomonidan taklif etilgan muzokaralarni qayta boshlas…
08:38 / 11.05.2025
Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Qaror Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan sammitda e’lon qilinishi kutilmoqda.
15:40 / 10.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!