$
12002.93 UZS
-1.55
₽
146.74 UZS
0.18
€
13156.41 UZS
0.7
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda charm-poyabzal va mo‘ynachilik korxonalari uchun 5 foizlik kredit ajratiladi

14:32 / 27.02.2022

“Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2026-yilgacha charm-poyabzal, jun va mo‘ynachilik eksporti 2,8 baravarga ko‘paytiriladi.

Tuman (shahar)larda terini qayta ishlashga hamda tayyor charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil qilinadi.

Kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun 2022-2023-yillarda 90 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalaridagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun banklarga 60 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasi ochiladi.

Banklar tadbirkorlarga yangi uskuna va texnologiyalarni olish uchun 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatgacha 5 foiz stavkada kreditlar ajratadi.

Qarorga ko‘ra, charm-poyabzal, mo‘ynachilik sohasi korxonalari va chorva mollarini so‘yish va terini qayta ishlovchi tashkilotlar uchun soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha uzaytirildi.

2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha quyidagilar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz undiriladi:

- yalpi tushumda bolalar, ayollar va sport poyabzallari, sun’iy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari va tagliklari tushumning kamida 60 foizni tashkil qilgan ishlab chiqaruvchilar;

- yalpi tushumining umumiy hajmida poyabzallar, charm-attorlik mahsulotlari va mo‘ynadan tayyorlangan buyumlar eksportidan tushgan tushumning hajmi 80 foizni tashkil qilgan ishlab chiqaruvchilar.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda…
14:46 / 19.11.2026
ÖzLiDeP kelgusi taraqqiyot vazifalarini belgilamoqda

ÖzLiDeP kelgusi taraqqiyot vazifalarini belgilamoqda

Muhokamalar davomida partiyaning viloyat kengaşi konferensiyasiga delegatlar saylandi.
17:14 / 24.11.2026
Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Kiyevni öqqa tutiş natijasida Podolskiy tumanidagi xususiy uy zarar kördi, ikki kişi yaralangan, dedi şahar hokimi Vitaliy K…
15:53 / 21.11.2026
Özbekistonga mol göşti qaysi davlatlardan import qilinmoqda?

Özbekistonga mol göşti qaysi davlatlardan import qilinmoqda?

Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonga 12 ta xorijiy davlatdan q…
14:33 / 24.11.2026
Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3,1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vosital…
09:27 / 20.11.2026
Özbekiston Prezidenti şarafiga rasmiy qabul marosimi ötkazildi

Özbekiston Prezidenti şarafiga rasmiy qabul marosimi ötkazildi

Ammоn şahridagi “Al-Husayniya” saroyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev şarafiga Iordaniya Podşohi Abdu…
09:49 / 24.11.2026
AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şox…
14:50 / 20.11.2026
Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş materiallari sanoatidagi natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtalib, yaqin yill…
15:08 / 20.11.2026
Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan özbek tilidagi 6 milliardga yaqin sözni öz içiga olgan yirik oçiq matnli ma’lumot…
11:29 / 20.11.2026
Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!