O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu masalalar O‘zbekiston – Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash yig‘ilishida muhokama qilindi.
Mamlakatda IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Shu munosabat bilan turk kompaniyalariga IT Park rezidentlari uchun joriy etilgan soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanib, autsorsing, dasturiy ta’minot hamda sun’iy intellekt yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish taklif etildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda 33 yildan buyon faoliyat yuritayotgan «Ziraat Bank» faoliyati ijobiy baholandi.
Turkiyaning boshqa moliya institutlari ham O‘zbekiston bank sektoridagi islohotlar va xususiylashtirish jarayonlarida faol ishtirok etishga taklif qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!