$
12927.17 UZS
36.74
155.73 UZS
-0.31
14717.58 UZS
-3.29
28° Kechasi 17°

O‘zbekistonda kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

09:29 / 04.11.2022

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 31-oktabr kuni kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3395).

Unga ko‘ra, kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi belgilandi va endilikda O‘zbekistonda elektron yoki savdo obʼekti ko‘rinishida faoliyat yuritish mumkin bo‘ladi.

Kripto-do‘kon o‘z faoliyatini elektron platforma yoki savdo obʼekti orqali amalga oshiradi.

Qarorga ko‘ra quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:

kripto-do‘konning elektron platformasi orqali:

jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish yoki sotish;
chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni xorijiy valyutada sotib olish yoki sotish;

kripto-do‘konning savdo obʼekti orqali:

jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish;
mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni naqd pul ko‘rinishida milliy yoki xorijiy valyutada sotib olish;
mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni faqat milliy valyutada sotish.

Kripto-do‘konda quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi:

majburiy identifikatsiyadan o‘tkazilmagan mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar;
O‘zbekiston rezidentlari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar bilan operatsiyalar;
anonim kripto-aktivlar hamda o‘zaro o‘zgarmas tokenlarni sotib olish yoki sotish operatsiyalari.


Bu ham qiziq

Mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolarga subsidiya va kreditlar ajratish tartibi belgilandi

Mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolarga subsidiya va kreditlar ajratish tartibi belgilandi

Endilikda “Xorijga ishga tayyorlash markazi” tashkil etiladi va unda “Yagona darcha” tamoyili asosida mehnat migratsiyasiga …
11:26 / 23.04.2025
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi 24-apreldagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.
12:36 / 24.04.2025
FIFA O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi  Asilbek Aliyevni e’tirof etdi

FIFA O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi  Asilbek Aliyevni e’tirof etdi

Tashkilot rasmiy sahifasida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida porlagan 6 nafar futbolchi haqida maqola chop …
15:00 / 24.04.2025
“Tanzilandiya” bolalar bog‘chasining litsenziyasi bekor qilindi

“Tanzilandiya” bolalar bog‘chasining litsenziyasi bekor qilindi

“Tanzilandiya” xususiy bolalar bog‘chasi litsenziyasi Toshkent iqtisodiy sudining qarori bilan bekor qilindi. Ushbu qaror jo…
18:29 / 24.04.2025
O‘zbekistonda bog‘lar barpo etish uchun gektariga 187,5 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi

O‘zbekistonda bog‘lar barpo etish uchun gektariga 187,5 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi

Nizomga ko‘ra, loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlarga tijorat banki tomonidan kredit mablag‘lari Markaziy bankining as…
16:32 / 23.04.2025
Shukurullo Isroilovning mashinasini olib qochgan yigit 2 yilga qamaldi

Shukurullo Isroilovning mashinasini olib qochgan yigit 2 yilga qamaldi

Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
09:34 / 25.04.2025
“Rossiya tinchlik kelishuviga tayyor, lekin Zelenskiy bilan kelishish qiyin kechmoqda” — Tramp

“Rossiya tinchlik kelishuviga tayyor, lekin Zelenskiy bilan kelishish qiyin kechmoqda” — Tramp

AQSh prezidenti bu haqda Oq uyda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
11:15 / 24.04.2025
Ukraina bilan urushda Rossiya safida ellikka yaqin davlatdan kelgan yollanma jangchilar urushmoqda

Ukraina bilan urushda Rossiya safida ellikka yaqin davlatdan kelgan yollanma jangchilar urushmoqda

“Vajnie istorii” nashri bu haqda Yagona tibbiy axborot-tahliliy tizimdan (EMIAS) olingan ma’lumotlarga tayanib xabar bermoqd…
08:35 / 24.04.2025
Mirziyoyev Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Mirziyoyev Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Samarqand shahrida amaliy tashrif bilan mamlakatimizda …
15:06 / 23.04.2025
Ertaga Toshkentda 256 ta uy vaqtincha tabiiy gazsiz qoladi

Ertaga Toshkentda 256 ta uy vaqtincha tabiiy gazsiz qoladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Mirobod tumani “Avloniy” MFYning ayrim hududlariga 25-aprel kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha tabii…
21:02 / 24.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!