$
12447.35 UZS
86.49
146.08 UZS
0.42
14545.97 UZS
66.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda moped va skuterlar uchun alohida davlat raqami belgilari joriy etilishi mumkin

14:04 / 21.03.2024

Ichki ishlar vazirligi “Foydalanishda bo‘lgan moped yoki skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Hujjat loyihasiga muvofiq 2024-yil 1-iyuldan boshlab:

avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish bilan bog‘liq murojaatlarni Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi, veb-sayti, Call markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborish va to‘lovlarni onlayn amalga oshirish;

ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi “Davlat raqam belgilari” modulida avtomatik tarzda tasodifiy tanlash yo‘li bilan berish tartiblari joriy etiladi.

Dvigatelining ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3 dan oshmaydigan, shuningdek, elektrodvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari (moped va skuter) uchun alohida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi va 2024-yil 1-iyuldan boshlab bu turdagi yangi transport vositalari umumiy tartibda, foydalanishda bo‘lganlari vaqtinchalik nizom asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Shuningdek, 2024-yil 1-iyulga qadar moped va skuterlarni sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi maxsus savdo tashkilotlar (ishlab chiqaruvchi, uning vakili yoki vositachi (distribyutorlik, dilerlik) tashkilotlari) Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Transport vositalari hisob ma’lumotnomalari” moduliga integratsiya qilinadi va bunday transport vositalari uchun hisob-ma’lumotlarni elektron shaklda berilishini ta’minlanadi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab ro‘yxatga olinmagan bu turdagi transport vositalaridan foydalanish amaldagi qonunchilik talablari asosida taqiqlanadi.


Bu ham qiziq

Zoir Mirzayev: “Charm bilan ishlaydigan 50 dan ortiq korxona Toshkent shahri ekologiyasiga katta zarar yetkazmoqda”

Zoir Mirzayev: “Charm bilan ishlaydigan 50 dan ortiq korxona Toshkent shahri ekologiyasiga katta zarar yetkazmoqda”

Toshkent viloyati hokimi ana shu korxonalarni chekkaroq hududlarga ko‘chirish xususida to‘xtalib o‘tdi
20:28 / 12.09.2025
O‘zbekistonda yangi hafta boshida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda yangi hafta boshida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 15–18-sentyabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:46 / 13.09.2025
Madriddagi muzokaralarda TikTok masalasi ham muhokama qilinadi

Madriddagi muzokaralarda TikTok masalasi ham muhokama qilinadi

Har ikki tomonning bayonotlarida, delegatsiyalar 14-17-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama…
09:36 / 13.09.2025
130 yoshli ayol O‘zbekistonning eng keksa insoni sifatida rasman tan olindi

130 yoshli ayol O‘zbekistonning eng keksa insoni sifatida rasman tan olindi

Farg‘onalik ayol O‘zbekistonning eng keksa fuqarosi deb tan olindi: u 1895-yilda tug‘ilgan.
15:20 / 12.09.2025
DXX: Prokuror, advokat va sudya katta yordamchisi pora bilan ushlandi

DXX: Prokuror, advokat va sudya katta yordamchisi pora bilan ushlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jino…
09:31 / 13.09.2025
Donald Tramp: “NATO davlatlari Rossiya neftidan voz kechsa, rasmiy Moskvani qattiq sanksiyalarga duchor qilamiz”

Donald Tramp: “NATO davlatlari Rossiya neftidan voz kechsa, rasmiy Moskvani qattiq sanksiyalarga duchor qilamiz”

AQSh Prezidenti bu borada o‘zining “Truth Social”dagi sahifasida ma’lum qildi
18:54 / 13.09.2025
Raqobat qo‘mitasi: “Davlat xaridlarida 8,1 milliard so‘mlik qonunbuzarlik holatlari aniqlandi”

Raqobat qo‘mitasi: “Davlat xaridlarida 8,1 milliard so‘mlik qonunbuzarlik holatlari aniqlandi”

Qo‘mita barcha holatlar yuzasidan batafsil axborot berib o‘tdi
19:33 / 12.09.2025
BMT Falastin davlatini tan olish haqidagi deklaratsiyani qo‘llab-quvvatladi

BMT Falastin davlatini tan olish haqidagi deklaratsiyani qo‘llab-quvvatladi

Deklaratsiyani qo‘llab, 142 ta davlat ovoz bergan, jumladan O‘zbekiston ham
19:52 / 13.09.2025
13-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi
22:58 / 12.09.2025
O‘zbekistonda xususiy shifoxonalarning soni yildan-yilga ko‘paymoqda

O‘zbekistonda xususiy shifoxonalarning soni yildan-yilga ko‘paymoqda

Ularda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati qay darajada?
22:51 / 13.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!