$
11973.48 UZS
38.11
₽
146.59 UZS
1.01
€
13436.64 UZS
4.57
31° Kechasi 18°

Raqobat qo‘mitasi: “Davlat xaridlarida 8,1 milliard so‘mlik qonunbuzarlik holatlari aniqlandi”

19:33 / 12.09.2025

Raqobat qo‘mitasi tomonidan umumiy 8.1 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi

Jumladan, Andijon viloyati misolida

qo‘mitaning topshiriq xatiga asosan Paxtaobod tumani 25-bolalar musiqa va san’at maktabi tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich narxi 30 mln so‘mdan ortiq “Quyosh panel o‘rnatish ishlari” bo‘yicha tanlov savdosi o‘rganildi.

O‘rganish natijasida “Davlat xaridlari” va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlar talablari buzilgani, xususan, savdolarda manfaatdor yoki affillangan shaxslarning ishtiroki aniqlanib, belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi hamda moliyaviy va ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Buxoro viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan Romitan tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida o‘tkazilgan tender savdosi “Raqobat to‘g‘risida” va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida 4,6 mlrd so‘mlik 20 ta lot bo‘yicha baholash mezonlariga muvofiq bo‘lmagan holda qaror qabul qilingani, ishtirokchilarga nomuvofiq baho berilgani aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qaroriga muvofiq Romitan tuman tibbiyot birlashmasiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, tegishli ko‘rsatma berildi.

Jizzax viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan davlat xaridlarida raqobat talablariga rioya etilishi yuzasidan doimiy monitoring amalga oshirilmoqda.

Monitoring davomida Jizzax viloyat hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi tomonidan 1,09 mlrd so‘mlik master-reja ishlab chiqish tanlov savdosida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilganligi va qonunchilikda belgilangan tartibga rioya etilmagani qayd etildi.

Natijada belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi va mas’ullarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Namangan viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan ijtimoiy tarmoqdagi murojaat asosida Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tomonidan 350 mln so‘mlik banner mahsulotlari xaridi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov savdosi o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida tanlovda ishtirok etgan “ART AGENT TENDER” MCHJ va “PIKSEL BRANDWAVE” MCHJ afillanganlik alomatlari — ya’ni huquqiy va faktik manzillarining bir xilligi — aniqlandi. Bu holat “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasi 13-xatboshi talablariga zid hisoblanadi.

Natijada tanlovda qonunbuzilish holatlari qayd etildi va buyurtmachi tomonidan tanlov bekor qilindi. Qonun buzilishining oldi olindi.

Navoiy viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan Respublika tez tibbiy yordam markazi Navoiy viloyati filialida o‘tkazilgan 950 mln so‘mlik “V” klassdagi reanimobil xaridi bo‘yicha tanlov savdosi qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida tanlov hujjatlari va bayonnomalarda mezonlar o‘rtasida nomuvofiqlik mavjudligi, ishtirokchilar to‘liq baholanmagani va ayrim talablar raqobatni cheklovchi xususiyatga ega ekani aniqlandi.

“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi buzilganligi alomatlari asosida belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, filialga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi hamda mas’ul shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborildi.

Qashqadaryo viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan o‘rganish natijasida G‘uzor tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 1,1 mlrd so‘mlik “Avtogreyder” texnikasi xaridi bo‘yicha tanlovda qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Jumladan, baholash me’yorlari belgilanmagan va hujjatlar asossiz ravishda past baholangan.

Natijada, qonunbuzarliklar uchun ish qo‘zg‘atilib, mas’ul shaxsga ma’muriy jazo qo‘llanildi.

Qonun ustuvorligi va ochiq raqobat muhitini ta’minlash maqsadida davlat xaridlari sohasidagi bu kabi holatlar ustidan tizimli monitoring ishlari davom ettiriladi.


O‘zbekiston


														
														Xotini va 2,5 yoşli qizini öldirgan erkak umrbod qamaldi

Xotini va 2,5 yoşli qizini öldirgan erkak umrbod qamaldi

Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida xotinini öldirib, 2,5 yoşli qiziga jinsiy zöravonlik qilgan va uning ham hayotiga zomi…
08:53 / 06.11.2026

														
														Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunnin…
17:22 / 05.11.2026

														
														Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev dehqon va…
17:11 / 05.11.2026

														
														Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. 41 yoşli futbo…
16:14 / 05.11.2026

														
														Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi

2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Bu mamlakat paxtaçiligi tarixidagi re…
15:53 / 05.11.2026

														
														Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda reklama va aksiyalar doirasida oziq-ovqat, buyum hamda boşqa mahsulotlarni bepul tarqatiş yoki juda arzon narxd…
14:33 / 05.11.2026

														
														Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Özbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida fuqarolarning hayoti, soğliği va mol-mulkiga yetkazilgan z…
14:28 / 05.11.2026

														
														Toşkent aeroportida 1 mlrd sömdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiriş holatlari aniqlandi

Toşkent aeroportida 1 mlrd sömdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiriş holatlari aniqlandi

Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan umumiy qiymati 1 milliard 20,6 million sömlik zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiri…
14:24 / 05.11.2026

														
														Toşkentda yölni tösib, töy sababli öyin-kulgi qilgan 8 kişi 7 sutkaga qamaldi

Toşkentda yölni tösib, töy sababli öyin-kulgi qilgan 8 kişi 7 sutkaga qamaldi

Toşkent şahrining Olmazor tumanida avtomobil yölini tösib, transport vositalari harakatiga xalaqit bergan sakkiz nafar fuqar…
11:06 / 05.11.2026

														
														Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryo viloyati bozorlarida piyozning bir kilogrammi 4–4,5 ming sömdan sotilmoqda. Qişloq xöjaligi vazirligi narx oşişi…
09:36 / 05.11.2026

Bu ham qiziq

Toşkent metrosining yangi bekatlarida poyezdlar keliş vaqtini körsatuvçi tablolar örnatiladi

Toşkent metrosining yangi bekatlarida poyezdlar keliş vaqtini körsatuvçi tablolar örnatiladi

Toşkent metropolitenining kelgusida quriladigan yangi liniyalari va bekatlarida poyezdlarning keliş hamda ketiş vaqtini aniq…
09:54 / 04.11.2026
Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etişi mumkin

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etişi mumkin

Tailand turizm qömitasi Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiş taklifini ma’qulladi. Taşabbus, şuning…
11:38 / 04.11.2026
Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi 43-maktab va 1-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotining şaroiti örganildi. Boğça binosi…
13:35 / 04.11.2026
Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyati örganildi. Taşrifdan közlangan maqsad sohadagi mavjud holatni joyida baholaş va tiz…
09:22 / 05.11.2026
Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida “Çap tarmoq” kanalini betonlaştiriş va uning atrofini obodonlaştiriş işlari boşlanadi.…
15:35 / 04.11.2026
Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev dehqon va…
17:11 / 05.11.2026
Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Özbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida fuqarolarning hayoti, soğliği va mol-mulkiga yetkazilgan z…
14:28 / 05.11.2026
YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

Andijon viloyatining Böston tumanida yöl-patrul xizmati inspektorini haqorat qilib, holat aks etgan videoni Instagram’ga joy…
15:40 / 04.11.2026
Yevropada uy-joy xarajatlari eng yuqori bölgan davlatlar ma’lum böldi

Yevropada uy-joy xarajatlari eng yuqori bölgan davlatlar ma’lum böldi

Yevropaning qator davlatlarida aholi daromadining katta qismini uy-joy xarajatlariga sarflamoqda. 2025-yil yakunlariga köra,…
09:47 / 04.11.2026
Buxoroda 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past

Buxoroda 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past

Buxoro viloyatida 99 ming nafar fuqaro mehnat migratsiyasida. Xorijdan qaytgan 24 ming kişi esa hozirgaça iş topmagan. Viloy…
11:55 / 04.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!