$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

O‘zbekistonda Oliy sport mahorati instituti tashkil etildi

14:26 / 08.06.2022

Prezident qarori bilan Oliy sport mahorati instituti faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

Qayd etilishicha, institut professional ta’lim tizimini tamomlagan bitiruvchilar uchun o‘qish davomiyligi uch yil bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Unda jismoniy tarbiya va sport sohasida oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi.

Ta’lim faoliyati 2023/2024-o‘quv yilidan boshlanib, talabalarni qabul qilish Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilarining sport natijalari asosida amalga oshiriladi.

Institutga olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zosi bo‘lgan yoshlar sport natijalariga qarab hamda seleksiya bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Bitiruvchilariga tanlangan sport turi bo‘yicha “trener”, “hakam”, “seleksioner” va boshqa mutaxassisliklar beriladi.

Institut talabalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq o‘tkaziladigan respublika musobaqalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi.

Institut talabalarini yashash uchun jihozlar, sutkalik oziq-ovqat normasi bilan ta’minlashda Olimpiya va Paralimpiya kollejlarining normativlari tatbiq etiladi. 

Xususan, institut Sportni rivojlantirish vazirligiga kiradi. 

Shuningdek, institut Samarqand shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 17a-uy manzilidan joy egallaydi.


Bu ham qiziq

17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:36 / 16.07.2025
“Prava” olib berishni va’da qilgan PPX inspektori ushlandi

“Prava” olib berishni va’da qilgan PPX inspektori ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:23 / 17.07.2025
Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar jabrlanganlardan besh nafariga kuyish tashxisi qo‘yilgan.
11:59 / 16.07.2025
Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Axborot xizmati rahbari Raufjon Rasulov ma’lum qildi
21:25 / 15.07.2025
O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025
Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda.
10:22 / 16.07.2025
Qashqadaryoda Xitoydan olib kelingan 20 ta zamonaviy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Qashqadaryoda Xitoydan olib kelingan 20 ta zamonaviy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

joriy yil yakuniga qadar viloyatga yana 66 ta yangi avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan.
12:11 / 17.07.2025
O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

Mazkur tadbir Osiyo sporti uchun muhim ahamiyatga ega
20:33 / 16.07.2025
Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Mazkur markadagi benzin narxi qariyb 44% ga qimmatlagan
22:53 / 16.07.2025
Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!