$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda Soliq kodeksiga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi

20:45 / 30.12.2021

O‘zbekiston Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqida Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘zgartish va qo‘shimchalarning asosiy yo‘nalishlaridan biri tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Jumladan, asosiy vositalarga investitsiyalar kiritilishini rag‘batlantirish maqsadida, foyda solig‘i bazasidan chegiriladigan ayrim xarajatlar miqdori oshirilmoqda. Jumladan, amortizatsiya ajratmalari normalari — o‘rtacha 2 barobarga. Xususan:

- binolar uchun 3 foizdan 5 foizga;

- inshootlar — 5 foizdan 10 foizga;

- quvurlar, elektr uzatish liniyalari va telekommunikatsiyalar — 8 foizdan 15 foizga;

- mashinalar va asbob-uskunalar — 15 foizdan 20 foizga;

- kompyuter va periferiya uskunalari — 20 % foizdan 40 foizga.

Shuningdek, bir martalik investitsiyaviy chegirma miqdori — 2 barobarga. Xususan:

- yangi texnologik uskunalar uchun 10 foizdan 20 foizga;

- ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha yangi qurilish — 5 foizdan 10 foizga.

Faoliyat natijasida ko‘rilgan va kelgusi davrga o‘tkaziladigan zararlarning cheklangan miqdori joriy soliq davri soliq bazasining 60 foizidan 100 foizigacha oshirilmoqda.

Mahalliy va xorijiy investorlarga teng shart-sharoitlar yaratish maqsadida, respublikada doimiy muassasa orqali faoliyat yuritadigan norezidentlar tomonidan foyda solig‘i bilan birga, sof foydadan dividend solig‘i (10 foiz) to‘lash tartibi joriy etilmoqda.

Tadbirkorlarga ular umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan (10 sotixdan) ortiq bo‘lgan yer uchastkalariga va (yoki) bino (inshoot)larga mulk huquqini qo‘lga kiritganda mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha to‘lovlarni 6 oyga kechiktirish huquqi berilmoqda.

Bunda, soliqlarni to‘lashni kechiktirishdan foydalanganlik uchun foiz soliqlar kechiktirilgan sanadan boshlab Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi (7 foiz) miqdorida hisoblanadi.

Soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinmoqda.

Quyidagilarga yo‘naltirgan mablag‘lar daromad solig‘idan ozod qilinmoqda:

-oliy va professional ta’lim muassasalarida o‘qish uchun tijorat banklaridan olingan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga;

- yosh oila tomonidan olingan ipoteka kreditlarini va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni (15 mln so‘mgacha) qoplashga;

- xalqaro uyushmaga a’zolik badallari;

- qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar;

- uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olinadigan jismoniy shaxslar daromadi.

Bundan tashqari, 23 yoshgacha bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan berilgan uy-joy jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan ozod etilmoqda.


Bu ham qiziq

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!