$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonga kiruvchilar uchun yangi cheklovlar joriy etiladi

10:47 / 14.01.2022

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatga koronavirus infeksiyasining yangi “omikron” shtammi kirib kelishining oldini olish maqsadida qo‘shimcha karantin choralari joriy etilishini ma’lum qildi. Ushbu cheklovlar joriy yil 15-yanvardan amal qiladi.

1. 15-yanvardan boshlab O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan fuqarolar (avtomobil harakati bundan mustasno) kirishidan kamida 48 soat oldin PZR usulida o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasi uchun salbiy test natijasini taqdim etishlari, shuningdek, O‘zbekiston hududiga kirishda koronavirus infeksiyasi mavjudligini aniqlash uchun ekspress antigen testini topshirishlari shart.

2. Shu bilan birga, Qirg‘iziston hududidan chegara avtomobil o‘tkazish punktlari orqali kirib kelayotgan fuqarolar kirishidan kamida 48 soat oldin PZR usulida o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasi bo‘yicha faqat salbiy test natijasini ko‘rsatishlari, boshqa chegaradosh davlatlar hududidan kirib kelayotgan fuqarolar esa koronavirus infeksiyasi mavjudligiga ekspress-antigen test topshirishlari kerak.

3. Shuningdek, 15-yanvardan boshlab O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan davlat chegarasini ikki davlat fuqarolarining kesib o‘tishi vaqtincha to‘xtatiladi, quyidagi toifadagi shaxslar bundan mustasno:

- havo yo‘llari orqali kiruvchi barcha toifadagi fuqarolar;

- vataniga qaytgan O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari (keyingi o‘rinlarda Tomonlarning fuqarolari deb yuritiladi);

- hukumatlararo kuryerlik aloqasi xodimlari;

- xalqaro yuk tashishni amalga oshiruvchi haydovchilar;

- rasmiy (hukumat) delegatsiyalari tarkibida bo‘lgan shaxslar;

- diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlar xodimlari, shuningdek ularning oila a’zolari;

- Qozog‘iston hududida joylashgan O‘zbekiston obyektlari, shuningdek, O‘zbekiston hududida joylashgan Qozog‘iston obyektlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar;

- ushbu davlatlarda investisiya loyihalari doirasida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston, shuningdek Qozog‘iston fuqarolari;

- O‘zbekistonda doimiy yashovchi Qozog‘iston fuqarolari, shuningdek, Qozog‘istonda doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolari;

- Tomonlarning o‘qish maqsadidagi fuqarolari;

- og‘ir kasal bo‘lgan yaqin qarindoshlarini ko‘rish yoki yaqin qarindoshlarining dafn marosimlarida qatnashish maqsadida tibbiy maqsadlarda kiruvchi (ketayotgan) Tomonlarning fuqarolari;

- vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadlariga Qozog‘iston hududida va Qozog‘iston fuqarolariga O‘zbekiston hududida hamrohlik qiluvchi Tomonlar fuqarolari.


Bu ham qiziq

Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Pavilyon me’moriy konsepsiyasiga “Uzumzor – ötmiş merosi, bugungi yeçim, kelajak uçun ilhom” ğoyasi asos qilib olingan.
08:51 / 12.11.2026
Samarqandda işga joylaştirişni va’da qilgan maktab direktori uşlandi

Samarqandda işga joylaştirişni va’da qilgan maktab direktori uşlandi

Samarqand şahrida umumiy örta ta’lim maktabi direktori fuqaroni öqituvçi lavozimiga işga joylaştiriş evaziga 400 AQŞ dollari…
14:50 / 09.11.2026
Qarşidagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi

Qarşidagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi

10-noyabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda va…
09:48 / 10.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima 60 kun içida tölanmasa, haydovçining transport vosit…
10:01 / 10.11.2026
Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkent şahridagi “Hilton Taşkent City” mehmonxonasida ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya media forumida ikki mamlakat örta…
15:41 / 09.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlarga bölgan içki talabni qondiriş maqsadida ularni mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlari örganiladi. Bu…
15:57 / 09.11.2026
Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!