$
12741.02 UZS
-16.92
134.38 UZS
-0.68
14062.26 UZS
-63.33
24° Kechasi 16°

O‘zbekistonlik kabel ishlab chiqaruvchilar ilk marta xalqaro ko‘rgazmada qatnashadi

11:27 / 15.06.2022

O‘zbekiston-Germaniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro tovar aylanmasini oshirish hamda Yevropa kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2022-yil 20-24-iyun kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevropaning eng nufuzli “Wire and Tube Fair 2022” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekistonning elektrotexnika sanoati 10 ga yaqin korxonalari ilk marotaba markazlashgan ko‘rgazma stendi bilan ishtirok etadi.

Ushbu ko‘rgazma kabel sim yo‘nalishida nafaqat Yevropadagi balki dunyodagi eng nufuzli ko‘rgzama hisoblanib, 1986 yildan beri tashkil etib kelinmoqda. Joriy yilda ko‘rgazmaga 1800 dan ortiq kompaniyalar ishtiroki kutilmoqda.

Ko‘rgazma doirasida nafaqat ishtirok etish, balki Germaniyaning nufuzli kompaniyalari bilan investitsiya va eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida bir qator sessiyalar va B2B uchrashuvlar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan. Bu bilan Yevropaning qator kompaniyalarini O‘zbekistonga kengroq jalb etish va ushbu mamlakatga eksport shartnomalarini ko‘paytirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqiladi.

Takidlanishicha, 2021-yilda “GSP+” tizimi doirasida 6 ming 200 turdagi mahsulotlarni Yevropa Ittifoqiga bojsiz eksport qilish imkoniyati yaratildi. Bu, o‘z navbatida, elektrotexnika sanoati korxonalarining Yevropa bozorlariga ham hech qanday to‘siqlarsiz, erkin kirib borishini kafolatlaydi. Mazkur ko‘rgazmaning O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari uchun Yevropa bozorlariga kirish imkoniyatini berishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, Yevropa kabel bozorining yillik hajmi 55 mlrd dollar (2021-yil) bo‘lib, jahon kabel bozorining 38 foizini tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-iyun kuni standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasidagi samaradorlikni oshirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishida yil yakunigacha sanoat sohalari 27 ta xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etib, Yevropa bozorlariga kirib borishlarini taʼminlash yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar bergan edi.


Bu ham qiziq

Agar Tramp saylovda g‘alaba qozonsa Saudiya Arabistoni Isroilni tan oladi

Agar Tramp saylovda g‘alaba qozonsa Saudiya Arabistoni Isroilni tan oladi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp va uning kuyovi Jared Kushner AQSh, Saudiya Arabistoni va Isroil o‘rtasidagi diplomat…
09:19 / 05.10.2024
2 yoshli bola bog‘chada basseynga tushib ketib, nobud bo‘ldi

2 yoshli bola bog‘chada basseynga tushib ketib, nobud bo‘ldi

Namangan shahridagi “Quyoshcha” oilaviy nodavlat bog‘chasida yosh bola basseynga tushib ketib, nobud bo‘ldi.
10:29 / 05.10.2024
Turkiyada ikkita sayyohlik avtobusi to‘qnashib ketdi

Turkiyada ikkita sayyohlik avtobusi to‘qnashib ketdi

Sayyohlar bilan Alanya tomon ketayotgan avtobus yo‘l chetida turgan avtobusga borib urilgan.
17:33 / 05.10.2024
Ramzan Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li xavfsizlik xizmatining eng yosh boshlig‘i sifatida tarixga kirdi

Ramzan Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li xavfsizlik xizmatining eng yosh boshlig‘i sifatida tarixga kirdi

Ilgari Adam Qodirovga Chechen Respublikasi qahramoni unvoni berilgan edi.
10:58 / 05.10.2024
O‘ldirilgan falastinlik bolalar haqida hisobot berildi

O‘ldirilgan falastinlik bolalar haqida hisobot berildi

Defence for Children xalqaro bolalarni himoya qilish tashkiloti sentyabr oyida Isroil armiyasi va isroillik koʻchmanchilar t…
22:30 / 05.10.2024
Futbol. “Andijon” tarixda ilk bor O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi

Futbol. “Andijon” tarixda ilk bor O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi

Bugun, 5-oktyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi finalida “Navbahor” va “Andijon” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
19:55 / 05.10.2024
Eldor Shomurodov “Roma” bilan shartnomasini uzaytiradi

Eldor Shomurodov “Roma” bilan shartnomasini uzaytiradi

Hujumchining hozirgi shartnomasi 2026-yilning yozigacha amal qiladi.
12:05 / 05.10.2024
6-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

6-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 6-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
21:25 / 05.10.2024
Hindistonda leopard yetti kishining umriga zomin bo‘ldi

Hindistonda leopard yetti kishining umriga zomin bo‘ldi

Yirtqichdan qo‘rqish aholini tungi patrullarni tashkil etishga majbur qildi.
22:04 / 04.10.2024
Samarqandda 70 dan ortiq qoida buzgan haydovchi jazolandi

Samarqandda 70 dan ortiq qoida buzgan haydovchi jazolandi

Samarqand viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining xabar berishicha, viloyatda mashinasiga boshqa avtotransport vos…
21:01 / 05.10.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!