Defence for Children xalqaro bolalarni himoya qilish tashkiloti sentyabr oyida Isroil armiyasi va isroillik koʻchmanchilar tomonidan bosib olingan Gʻarbiy Sohilda 7-oktyabrdan beri oʻldirilgan falastinlik bolalar haqida hisobot e’lon qildi.
Isroil merganlari qurolsiz bolalarni ataylab nishonga olmoqda va haqiqiy oʻq bilan oʻqqa tutmoqda. Isroil askarlari va koʻchmanchilar tomonidan bosib olingan Gʻarbiy Sohilda, jumladan Sharqiy Quddusda 2023-yilning 7-oktyabridan 2024-yil 31-iyuliga qadar 141 nafar falastinlik bola oʻldirildi.
Isroilliklar tomonidan oʻldirilgan 141 nafar bolaning 116 nafari toʻgʻridan-toʻgʻri boshiga yoki tanasiga, 18 nafariga esa orqa qismiga otilgan, bu – “bola isroillik askarlarga xavf tugʻdirmaganining yaqqol koʻrsatkichidir”.
2000-yildan beri qatl qilingan falastinlik bolalarning 20 foizi 7-oktyabrdan keyin oʻldirilgan. Gʻarbiy Sohilda har ikki kunda bir bola halok boʻladi.
Isroil hukumati 2023-yil 7-oktyabrdan beri bosib olingan Gʻarbiy Sohilda, jumladan Sharqiy Quddusda falastinlik bolalarning 18 jasadini musodara qilgan. Jasadlarni musodara qilish va saqlash xalqaro gumanitar huquq va xalqaro jinoiy huquqni buzish hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!