Isroil harbiy-havo kuchlari halok bo‘lgan “Hizbulloh” bosh kotibining vorisi Hoshim Safieddinni o‘ldirgani haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bayrutning janubiy chekkasida uyushtirilgan hujum 4-oktyabrga o‘tar kechasi Isroil tomonidan amalga oshirilgan.
Unga ko‘ra, havo hujumidan keyin Safieddin bilan aloqa uzilgan. Uning bir qancha yordamchilari va “Hizbulloh” dala qo‘mondonlari u bilan birga halok bo‘lgan. Livan harakatining o‘zi ushbu ma’lumotni hozircha tasdiqlamagan.
Ma’lumot uchun, “Hizbulloh” bosh kotibi Hasan Nasrulloh 27-sentyabr kuni Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!