6-8 may kunlari Tunisning Xammamet shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Dunyoning eng kuchli sablyachilari jam bo‘ladigan mazkur musobaqada terma jamoamiz ham asosiy tarkibda ishtirok etadi.
Bugun hamyurtlarimiz musobaqa o‘tkaziladigan manzilga yetib borishdi va hozirda so‘nggi tayyorgarlik jarayonini olib borishmoqda. Qilichbozlarimiz reglament bo‘yicha yakkalik va jamoaviy dasturda o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi. Terma jamoamiz ushbu Jahon kubogi bosqichida quyidagi tarkibda qatnashadi:
Zaynab Dayibekova
Paola Pliyego
Aysulu Usnatdinova
Gulistan Perdibayeva
Samira Shokirova
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!