$
11997.83 UZS
18.19
167.31 UZS
-0.21
13967.87 UZS
66.7
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonliklarga endi raqamli pasport rasmiylashtiriladi

13:12 / 26.05.2022

“Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasiga oid Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, mazkur yangi tartib evaziga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyoti bekor qilinishi mumkin.

Qayd etilishicha, ushbu yangilik muallifi AKT vazirligi bo‘lib, unda Toshkent shahrida 2022-yil 15-iyuldan 2023-yil 1-dekabrga qadar tajriba tariqasida “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi negizida ayrim turdagi maʼlumot va hujjatlarni elektron ko‘rinishda taqdim etish imkoniyatini beruvchi “OneID mobile” mobil ilovasini yaratishni ko‘zda tutuvchi “Fuqaroning raqamli mobil pasporti” loyihasini joriy qilish nazarda tutiladi.

Hujjat loyihasida belgilanishicha, Toshkent shahrida 2022-yil 15-iyuldan boshlab:

– Pasport maʼlumotlari;

– Haydovchilik guvohnomasi maʼlumotlari;

– Avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risida guvohnoma;

– Oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplom va talaba to‘g‘risidagi maʼlumotlari;

– Jismoniy shaxs tomonidan umumiy taʼlim muassasasini (11-sinf negizida) tamomlaganligi to‘g‘risida maʼlumot;

– Koronavirusga qarshi emlanganlik holati to‘g‘risidagi maʼlumot;

– Kadastr pasporti haqida maʼlumot;

– Tug‘ilganlik va nikoh qayd etilganlik haqidagi dalolatnoma maʼlumotlari Mobil ilova orqali elektron ko‘rinishda taqdim etiladi va ular qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi. Yaʼni qog‘oz hujjatlar bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Mobil ilova orqali taqdim etiladigan alohida turdagi maʼlumot va hujjatlar ushbu mobil ilovada shakllantiriladigan QR-kod orqali tekshiriladi.

O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlovchi hujjati (pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya kartasi) bo‘lgan 16 yoshga to‘lgan shaxslar elektron hujjatlardan mobil ilova orqali foydalanish huquqiga ega.

Mobil ilovadan foydalanishda mobil trafik uchun to‘lov undirilmaydi.

2023-yil 15-dekabrga qadar ushbu loyiha tajriba natijalari asosida boshqa sohalarda hamda respublikaning barcha hududlarida tatbiq etiladi.

O‘z navbatida davlat va tijorat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishda jismoniy shaxslardan Mobil ilova orqali taqdim etilgan ayrim turdagi maʼlumot va hujjatlarning asl nusxalariga tengligini isbotlashni talab qilish taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklarga 2011-yildan boshlab amaldagi biometrik pasport berila boshlagan bo‘lsa, 2021-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston fuqarolariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga biometrik pasport o‘rniga 10 yil muddatga ID-karta beriladigan bo‘ldi.


Bu ham qiziq

Kichik biznes uchun e’lon qilingan yangi yengilliklar tadbirkorlar tomonidan iliq kutib olinmoqda.

Kichik biznes uchun e’lon qilingan yangi yengilliklar tadbirkorlar tomonidan iliq kutib olinmoqda.

Ko‘p yillardan buyon biznes vakillari QQSga o‘tishdagi 1 milliard so‘mlik chegara pastligi, murakkab soliq tizimi hamda orti…
11:00 / 29.05.2026
Alkogol va tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotishga ruxsat berildi

Alkogol va tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotishga ruxsat berildi

Prezident tomonidan imzolangan yangi farmonga ko‘ra, 1-iyundan boshlab O‘zbekistonda mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish kor…
19:08 / 28.05.2026
Toshkentda ertaga qisqa muddatli chang-to‘zon va yomg‘ir kuzatilishi mumkin

Toshkentda ertaga qisqa muddatli chang-to‘zon va yomg‘ir kuzatilishi mumkin

Jahon meteorologiya tashkiloti hamda “O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida g‘arbiy nam havo oqimlari k…
17:18 / 26.05.2026
AQSh va Eron sulh tuzishga yaqin

AQSh va Eron sulh tuzishga yaqin

Turkiya Eron va AQSh o‘rtasida siyosiy murosaga kelish ehtimoli borligini e’lon qildi.
15:43 / 25.05.2026
Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimla…
12:43 / 28.05.2026
Toshkentda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Toshkentda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fu…
12:13 / 26.05.2026
Farg‘ona va Namanganda 2 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy dori vositalari aniqlandi

Farg‘ona va Namanganda 2 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy dori vositalari aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Farg‘ona va Namangan viloya…
07:39 / 30.05.2026
O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan erkak AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan erkak AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan AQSh huquq-tartibot idoralari hamda AQShning Toshke…
17:02 / 26.05.2026
4 oyda 24 mingdan ziyod xorijliklar davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan

4 oyda 24 mingdan ziyod xorijliklar davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan

2026-yilning yanvar–aprel oylarida jami 24 176 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
17:15 / 29.05.2026
30-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

30-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:35 / 29.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!