$
11988.32 UZS
16.92
152.02 UZS
0.21
13822.53 UZS
25.49
31° Kechasi 18°

Endi sud raisi va o‘rinbosarlari ochiq tanlov orqali tanlanadi

08:18 / 25.11.2025

Prezidentining sud mustaqilligini kuchaytirish va sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga doir farmoni qabul qilindi. Hujjat “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Farmonga ko‘ra:

Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatida sudyalarning o‘zini o‘zi boshqarish tamoyili va sud mustaqilligiga oid xalqaro standartlar joriy etiladi.

Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni dastlab 5 yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibi belgilanadi.

Sud raislari va ularning o‘rinbosarlarini ochiq tanlov orqali tanlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Sudyaning “halollik”, “kasbiy layoqatlilik” va “odob qoidalariga rioya etish” mezonlari qonun darajasida belgilanishi ko‘zda tutiladi.

Kengash va Oliy sud tarkibini shakllantirish jarayonida sudyalar hamjamiyati organlari ishtiroki kengaytiriladi. Kengashning doimiy asosda faoliyat yurituvchi sudyalari Oliy sud, viloyat sudlari hamda tumanlararo va tuman sudlari sudyalari orasidan shakllantiriladi.

Sudyalar malaka hay’atlari va Sudyalar oliy malaka hay’ati tomonidan sudyalik lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha xulosalar taqdim etish tartibi qonunchilikka kiritiladi. Kengash va Sudyalar oliy malaka hay’atining qo‘shma yig‘ilish tartibi bekor qilinadi.

Kengash raisiga intizomiy ishlarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha taqdimnoma kiritish hamda Kengash tuzilmasi va shtat jadvalini mustaqil tasdiqlash vakolati beriladi.

2025-yil 15-dekabrdan boshlab Kengash rasmiy saytida bo‘sh lavozimlar va sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash jarayoniga oid ma’lumotlar ochiq e’lon qilib boriladi. Nomzodlarni tanlash va baholash jarayonini raqamlashtirish, shu jumladan sun’iy intellektdan foydalanish choralari belgilangan.

Kengashga qo‘shimcha 4 ta shtat birligi ajratiladi, umumiy shtat soni 32 tani tashkil etadi. Farmonda sud mustaqilligiga oid qonunchilikni xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqish, sudyalarga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash tartibini shaffoflashtirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Shuningdek, sud tizimida gender tenglikni ta’minlash maqsadida Odil sudlov akademiyasiga qabul jarayonida xotin-qizlar uchun kvota joriy etiladi. Ayol sudyalar assotsiatsiyasini tashkil etish tashabbusi ma’lumot uchun qabul qilingan.

Farmon ijrosini ta’minlash uchun mas’ul etib Sudyalar oliy kengashi raisi belgilangan, nazorat esa Prezident Administratsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.


O‘zbekiston


														
														Ozarbayjonda qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Ozarbayjonda qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

“O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi diplomatlari xorijda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga yordam…
09:09 / 25.11.2025

														
														Endi sud raisi va o‘rinbosarlari ochiq tanlov orqali tanlanadi

Endi sud raisi va o‘rinbosarlari ochiq tanlov orqali tanlanadi

Prezidentining sud mustaqilligini kuchaytirish va sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga doir farmon…
08:18 / 25.11.2025

														
														“Bu “mavsumiylik” yoki “tabiiy jarayonlar” emas, bu — befarqlik natijasidir” – Shohrux Shodmonov mas’ullarga murojaat qildi

“Bu “mavsumiylik” yoki “tabiiy jarayonlar” emas, bu — befarqlik natijasidir” – Shohrux Shodmonov mas’ullarga murojaat qildi

Toshkent shahri Chilonzor tumani kengashi deputati, xonanda Shohrux Shodmonov mas’ullarni havo ifloslanishiga qarshi real ha…
18:15 / 24.11.2025

														
														Oliy ta’limda kontrakt to‘lovlari muddatlari o‘zgardi

Oliy ta’limda kontrakt to‘lovlari muddatlari o‘zgardi

Unga ko‘ra, abituriyentlar kontrakt to‘lovining kamida 25 foizini 15-sentyabrgacha, yuqori kurs talabalari esa 1-oktyabrgach…
17:53 / 24.11.2025

														
														25-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

25-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 25-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
17:49 / 24.11.2025

														
														Jizzaxda Matiz va ZIL to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Jizzaxda Matiz va ZIL to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar Ichki ishlar boshqarmasining Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 266-…
17:05 / 24.11.2025

														
														Guliston shahriga 52 dona Yutong avtobusi olib kelindi

Guliston shahriga 52 dona Yutong avtobusi olib kelindi

“Mazkur avtobuslar shahar ichidagi 7 ta yo‘nalishda brutto-shartnomasi asosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi”, – deyiladi…
15:37 / 24.11.2025

														
														Endi inson a’zolari transplantatsiyasida donorlar roziligi videoyozuvga qayd etiladi

Endi inson a’zolari transplantatsiyasida donorlar roziligi videoyozuvga qayd etiladi

Retsipiyentlar va donorlar transplantatsiyasi amaliyotidan so‘ng 21 kungacha reabilitatsiyada bo‘ladi, reabilitatsiyadan key…
14:38 / 24.11.2025

														
														Farg‘onada 7 ta transport ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi

Farg‘onada 7 ta transport ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi

Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
13:17 / 24.11.2025

														
														Hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi

Hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi

“O‘zgidromet” 24—28-noyabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:49 / 24.11.2025

Bu ham qiziq

“Real Madrid” klubi 10 foiz ulushini sotishi mumkin

“Real Madrid” klubi 10 foiz ulushini sotishi mumkin

“Real Madrid” klubi mulkchilik tuzilmasini o‘zgartirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Voz Populi’ning xabar berishicha…
17:05 / 23.11.2025
UFC. Arman Sarukyan Den Hukerga imkoniyat qoldirmadi

UFC. Arman Sarukyan Den Hukerga imkoniyat qoldirmadi

Qatar poytaxti Doha shahrida UFC Fight Night 265 musobaqasi yakunlandi.
09:34 / 23.11.2025
Havo ifloslanishi kelasi hafta oxirigacha davom etadi

Havo ifloslanishi kelasi hafta oxirigacha davom etadi

“24-noyabrdan keyin ortga chekinishi kutilgan havo ifloslanishini kuchaytiruvchi inversiya jarayoni kelgusi hafta oxirigacha…
17:14 / 23.11.2025
Endi inson a’zolari transplantatsiyasida donorlar roziligi videoyozuvga qayd etiladi

Endi inson a’zolari transplantatsiyasida donorlar roziligi videoyozuvga qayd etiladi

Retsipiyentlar va donorlar transplantatsiyasi amaliyotidan so‘ng 21 kungacha reabilitatsiyada bo‘ladi, reabilitatsiyadan key…
14:38 / 24.11.2025
O‘zbekistonda nechta xorijiy kompaniya faoliyat yuritmoqda?

O‘zbekistonda nechta xorijiy kompaniya faoliyat yuritmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-noyabr holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari isht…
14:23 / 23.11.2025
Ozarbayjonda qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Ozarbayjonda qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

“O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi diplomatlari xorijda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga yordam…
09:09 / 25.11.2025
Bojxonadan 5 kg “klefedron”ni olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Bojxonadan 5 kg “klefedron”ni olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

O‘zbekistonga yangi turdagi sintetik giyohvandlik vositasi — “klefedron”ni olib kirishga urinish bojxonachilar tomonidan to‘…
10:55 / 23.11.2025
Oliy ta’limda kontrakt to‘lovlari muddatlari o‘zgardi

Oliy ta’limda kontrakt to‘lovlari muddatlari o‘zgardi

Unga ko‘ra, abituriyentlar kontrakt to‘lovining kamida 25 foizini 15-sentyabrgacha, yuqori kurs talabalari esa 1-oktyabrgach…
17:53 / 24.11.2025
Trampning boyligi 1,1 mlrd dollarga kamaydi

Trampning boyligi 1,1 mlrd dollarga kamaydi

AQSh prezidenti Donald Trampning boyligi sentyabr oyidan buyon 1,1 mlrd dollarga kamaydi, – deya xabar qilmoqda Forbes.
16:01 / 24.11.2025
Guliston shahriga 52 dona Yutong avtobusi olib kelindi

Guliston shahriga 52 dona Yutong avtobusi olib kelindi

“Mazkur avtobuslar shahar ichidagi 7 ta yo‘nalishda brutto-shartnomasi asosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi”, – deyiladi…
15:37 / 24.11.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!