Xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “Barqaror” (Stable) darajasidan “Ijobiy” (Positive) darajasiga oshirdi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bu qarorni xalqaro investorlarning O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak ishonchi ifodasi ekanini ta’kidladi.
Mazkur o‘zgarish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samara berayotgani, investitsion jozibadorlik ortib borayotgani va iqtisodiyotning barqaror rivojlanayotganidan dalolat beradi.
Mutaxassislar fikricha, ijobiy prognoz O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish hamda xalqaro moliya bozorlaridagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!