$
11990.26 UZS
-68.19
162.23 UZS
-1.81
13738.44 UZS
-80.54
31° Kechasi 18°

OʻzMU prorektori va ayol oʻrtasidagi janjalga rasmiy izoh berildi

10:13 / 05.10.2023

Maʼlum qilinishicha, holat 2023-yil sentabr oyi birinchi oʻn kunligida roʻy bergan. Murojaatchi ayol prorektor qabuliga kirgan va qizi geologiya fakulteti 1-kursi kechki boʻlimga oʻqishga kirganini aytib, talabalar turar joyidan oʻrin ajratish va ish bilan taʼminlashni talab qilgan. Prorektor ayolga kechki taʼlim shaklida tahsil oladigan talabalar uchun yotoqxona yetishmasligi, oʻrinlar kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiydigan talabalarni qamrab olganini bildirgan.

“Ayol tushunishni xohlamay, u holda ish bilan taʼminlab berasizlar, deb talab qoʻygan. Prorektor agar imkoniyat topsak, maktablardan ish gaplashib beramiz, deb kerakli tavsiyalarni bergan. Ayol esa farzandiga universitetdan ish hal qilib berish talabini qoʻygan”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, talablari toʻliq qanoatlantirilmagan ayol ketar chogʻida universitet rahbariyati va prorektorni oʻrinsiz haqoratlab ketgan. Kurakda turmaydigan soʻzlar prorektorning nafsoniyatiga tekkan va u ham ayolga nisbatan qoʻpol soʻzlarni ishlatgan. Shu vaziyat murojaatchi tomonidan yozib olingan va “prorektor murojaatchi ayolni haqorat qildi” degan maʼnodagi qismi tarqatilgan. Mazkur vaziyatga prorektor kotibasi, universitet xotin-qizlar qoʻmitasi raisi hamda qabuldagi fuqarolar guvoh boʻlgani aytildi.

Universitet prorektori bilan roʻy bergan ushbu holatda adolatli qaror chiqarish yuzasidan tegishli organ tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat toʻliq oʻrganilib, holatga huquqiy baho berilgunicha hozirda videoda aks etgan prorektor oʻz vazifasidan vaqtincha chetlatildi va uning vazifalari universitetning boshqa masʼul prorektoriga yuklatildi.

Tegishli tekshiruvlardan soʻng prorektorga tashkiliy, intizomiy yoki maʼmuriy chora koʻrish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinadi.


Bu ham qiziq

Namanganda go‘sht yetishtirish hajmi va sifati oshmoqda

Namanganda go‘sht yetishtirish hajmi va sifati oshmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Namangan qo‘ychilik klasteri” faoliyati bilan tanishdi.
12:46 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur narkotik moddalar Rossiya Federatsiyasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.
14:01 / 23.06.2026
Piskentdagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi

Piskentdagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 22-iyun kuni Toshkent viloyatining Piskent tumanida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida yong‘in sodir
16:20 / 22.06.2026
Urgutda qariyb 27 ming dollarlik “gashish”ni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Urgutda qariyb 27 ming dollarlik “gashish”ni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumon qiling…
09:53 / 22.06.2026
Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–115-son, 23.06.202…
17:47 / 23.06.2026
“Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir”, – Saida Mirziyoyeva

“Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir”, – Saida Mirziyoyeva

Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmi…
16:52 / 23.06.2026
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Prezidenti administratsiyasi rahbari Roman Sklyar bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Prezidenti administratsiyasi rahbari Roman Sklyar bilan uchrashdi

Ostona shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Prezidenti a…
11:00 / 22.06.2026
23-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

23-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:47 / 22.06.2026
Zelenskiy Polshadan olgan “Oq burgut” ordenini pochta orqali qaytarib yubordi

Zelenskiy Polshadan olgan “Oq burgut” ordenini pochta orqali qaytarib yubordi

Polsha prezidenti Karol Navrotskiy ukrainalik hamkasbini mamlakatning eng oliy davlat mukofoti — “Oq burgut” ordenidan mahru…
10:27 / 21.06.2026
JCH-2026ning rasmiy to‘pi koinotga uchirildi

JCH-2026ning rasmiy to‘pi koinotga uchirildi

2026-yilgi FIFA Jahon chempionatining rasmiy to‘pi – Trionda ilmiy tajriba doirasida Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) olib ch…
10:12 / 22.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!