Ostona shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Prezidenti administratsiyasi rahbari Roman Sklyar bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati hamda ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Shuningdek, oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarning izchil va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida prezident administratsiyalari o‘rtasida yanada yaqin, tezkor va samarali hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!