SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmati Qirg‘iziston hududida rasman faoliyatini boshladi. Kompaniyaning interaktiv xaritasida mamlakat maqomi “available” (“mavjud”) qatoriga qo‘shildi. Qirg‘iziston hukumati ushbu loyiha orqali, avvalo, chekka hududlardagi maktablar, shifoxonalar va raqamli infratuzilma yetib bormagan aholi punktlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlashni rejalashtirgan.
Markaziy Osiyoda Starlink’ni birinchi bo‘lib Qozog‘iston 2025-yil 13-avgust kuni rasman ishga tushirgan edi. Undan avval tizim qishloq maktablarida pilot loyiha sifatida sinovdan o‘tkazilgan. 2026-yil 5-fevralda Starlink Tojikistonda ham rasman ishga tushgan. Endilikda, 2026 yil 23-maydan boshlab Qirg‘iziston ham sun’iy yo‘ldosh interneti mavjud davlatlar qatoriga qo‘shildi. O‘zbekistonda qachon ishga tushadi?
Joriy yil mart oyida Chimkentda bo‘lib o‘tgan Digital Qazaqstan-2026 xalqaro forumida bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston 2026-yilda sun’iy yo‘ldosh internetini sinovdan o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgan edi. Qo‘shni Turkmanistonda ham 2026-yildan ishga tushishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!