2026-yilgi FIFA Jahon chempionatining rasmiy to‘pi – Trionda ilmiy tajriba doirasida Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) olib chiqildi. Bu haqda NASA ma’lum qildi. Loyihaning asosiy maqsadi nol tortishish sharoitida to‘pning harakati hamda unga o‘rnatilgan sensorlarning ishlash samaradorligini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. XKS ekipaji to‘pning muvozanati uning parvoziga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlash maqsadida 2019-yilda o‘tkazilgan tajribani takrorladi.
Qayd etilishicha, Trionda Jahon chempionatlari tarixidagi eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan to‘plardan biri sanaladi. U 500 Gs tezlikda ishlovchi maxsus sensor tizimiga ega bo‘lib, to‘pning joylashuvi, tezligi va aylanishi haqidagi ma’lumotlarni VAR tizimiga uzatadi. Shuningdek, to‘p futbolchining unga tegish lahzasini ham aniq qayd eta oladi. Olimlar mazkur tajriba orqali to‘p ichiga joylashtirilgan texnologiyalarning o‘yin jarayoniga ta’sirini yanada chuqurroq o‘rganish imkoniga ega bo‘ldi. Ma’lumot uchun, “Trionda” nomi turnirning uch mezbon davlati — AQSh, Kanada va Meksikani ramziy ifodalovchi “uch to‘lqin” iborasidan olingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!