$
12676.11 UZS
-18.86
161.56 UZS
-0.04
14975.56 UZS
97.06
37° Kechasi 24°

Para yengil atletika: oʻzbekistonlik sportchilar xalqaro Gran-Prini 17 ta medal bilan yakunlashdi!

13:47 / 09.05.2022

Kuni kecha, 8-may sanasida Italiyaning Jesolo shahri mezbonlik qilgan para yengil atletika boʻyicha “Italian Open 2022” xalqaro Gran-Pri turniri yakuniga yetdi.

Musobaqaning soʻnggi kunida erkaklar oʻrtasida F36/37 klassida disk uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Shaxboz Rajabboyev 41,35 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, xuddi shu yoʻnalishda kumush medal ham hamyurtimiz Hayrullo Madaminovga nasib etdi. Madaminov 38,44 metr natija bilan 2-oʻrinni egalladi.

Bundan tashqari, erkaklar oʻrtasida F32/33 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan vakilimiz Jasur Xoʻjayev 10,60 metr natija bilan kumush medalga sazovor boʻldi.

Erkaklar oʻrtasida T13 klassida uzunlikka sakrash yoʻnalishida Doniyor Ahmedov 5,95 metr natija qayd etdi va kumush medalni oʻziniki qildi.

Ayollar oʻrtasida T11 klassida 200 metrga yugurish bahslarida qatnashgan Asila Mirzayorova 28,07 soniya vaqt bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi. Xuddi shu yoʻnalishda T12 klassida startga chiqqan hamyurtimiz Yoqutxon Xolbekova 29,73 soniya natija bilan bronza medaliga ega chiqdi.

Shuningdek, erkaklar oʻrtasida F46 klassida yadro uloqtirish bahslarida qatnashgan vakilimiz Musulmonqul Ahmedov 12,07 metr natija qayd etdi va bronza medali sohibi boʻldi.

Taʼkidlanishicha, Izzat Turgʻunov hamda Asila Mirzayorova oʻzlarining asosiy yoʻnalishi hisoblangan uzunlikka sakrashdan tashqari birinchi marta yugurish bahslarida ham ishtirok etdi va ijobiy natijalar koʻrsatdi.

Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasi “Italian Open 2022” xalqaro Gran-Prisini 17 ta medal bilan yakunladi. Shulardan 6 tasi oltin, 5 tasi kumush va 6 tasi bronza.

Oltin

Izzat Turgʻunov (2ta)

Mahliyo Akramova (1ta)

Doniyor Ahmedov (1ta)Yoqutxon Xolbekova (1ta)

Shaxboz Rajabboyev (1ta)

Kumush

Doniyor Ahmedov (2ta)

Hayrullo Madaminov (1ta)

Jasur Xoʻjayev (1ta)

Asila Mirzayorova (1ta)

Bronza

Jamoliddin Akobirov (2ta)

Asila Mirzayorova (2ta)

Yoqutxon Xolbekova (1ta)

Musulmonqul Ahmedov (1ta)


Bu ham qiziq

Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

“Temiryo‘lda yo‘lovchi tashish xizmatlari bo‘yicha qo‘mita chiqargan qaror sud instansiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi …
15:36 / 30.06.2025
Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

YATTlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
16:50 / 30.06.2025
Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Ushbu ma’lumot fuqarolarga SMS-xabar ko‘rinishida yuboriladi.
13:07 / 01.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomini yetk…
16:24 / 29.06.2025
2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:19 / 01.07.2025
Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp, may oyi o‘rtalarida Suriyaning yangi yetakchisi Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashuvi oldidan berg…
11:06 / 01.07.2025
843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

Ular avtomobillarni arzon kredit yoki lizingda yetkazib berishni va’da qilgan. IIV guruhdan jabrlanganlarni 102 qisqa raqami…
17:54 / 30.06.2025
Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Migratsiya agentligi hamda Turkiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi mas’ullari o‘rtasida Turkiyada noqonuniy…
13:13 / 02.07.2025
Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Eron uranni boyitish huquqiga ega va bu faoliyatni to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
09:46 / 30.06.2025
1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘nalishda naqd pulda va bank kartalari orqali to‘lov amalga oshirish imkoniyati mavjud.
13:11 / 29.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!