$
12615.07 UZS
-19.27
162.02 UZS
-0.35
14754.59 UZS
-66.75
37° Kechasi 24°

Plastik kartalardan pul o‘g‘irlanishiga qarshi choralar belgilandi

17:59 / 03.12.2023

Prezidentning "Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida" qarori qabul qilindi.

Qaror bilan tasdiqlangan "yo‘l xaritasi"ga ko‘ra, 2024−2025-yillarda to‘lov tizimi operatorlarida tranzaksion antifrod tizimi hamda banklar va to‘lov tashkilotlari session antifrod tizimlaridan foydalanish uchun Markaziy bankda markazlashgan antifrod tizim joriy etiladi.
Shuningdek, Markaziy bankda zamonaviy biometrik identifikatsiya tizimini qo‘llagan holda mijozlarni identifikatsiya qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarida SIM-karta, mobil qurilma IMEI-kodi, internet tarmog‘i (rouming) orqali ma’lumotlarni identifikatsiya qilish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Banklar va to‘lov tizimlarining mobil ilovalaridagi xavfsizlik darajasini oshirish uchun yangi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining mablag‘ o‘tkazish imkoniyatini 1 soatgacha cheklash rejalashtirilgan. Asosiy foydalanuvchiga uning profiliga kirganlik haqida darhol SMS-xabar yuborish va mobil qurilmalar xususida IMEI, IMSI, DeviceID va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarni yig‘ish belgilanmoqda.

"Yo‘l xaritasi"da foydalanuvchilarning SMS-xabarlar orqali olinadigan bir martalik (one time password) parollarini himoya qilish mexanizmini joriy etish, shuningdek, bank kartalaridan mablag‘larni o‘g‘irlash holatlari haqida kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni (bloklash va boshqalar) ko‘rish taklif etilgan.

Bundan tashqari, bank karta ma’lumotlari internet tarmog‘ida tarqalishi bo‘yicha xabardor qilish va monitoring qilish maqsadida zamonaviy dasturiy vositalarni joriy etish rejalashtirilgan.


Bu ham qiziq

Kim Chen In “muqaddas urush”da Rossiyani so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Kim Chen In “muqaddas urush”da Rossiyani so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Shimoliy Koreya rahbari Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvda buni yana bir marta ma’lum qilgan
22:13 / 13.07.2025
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda kun tartibidagi bir qancha masalalar muhokama qilindi
19:01 / 12.07.2025
Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Mazkur vaziyat yuzasidan O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Epidemiologiya va…
15:55 / 12.07.2025
Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Ozarbayjon rahbari bu uchrashuvni o'ta muhim deb atagan
19:59 / 12.07.2025
Yevropa komissiyasi prezidenti: “Donald Tramp savdo urushini boshlamoqda”

Yevropa komissiyasi prezidenti: “Donald Tramp savdo urushini boshlamoqda”

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar besamar ketsa, AQShga javob choralari qo‘llaniladi
21:33 / 12.07.2025
Abduqodir Husanov tezlik bo‘yicha APLda eng yaxshilaridan biri deb topildi

Abduqodir Husanov tezlik bo‘yicha APLda eng yaxshilaridan biri deb topildi

U mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha bir qator yulduzlarni ham ortda qoldirdi
22:32 / 13.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Ammo, Xudoyberganov YPX xodimining xizmat mashinasida poytaxtning markaziy ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib, mototsikl…
14:59 / 12.07.2025
Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Ularda rekonstruksiya ishlari sifatsiz holda amalga oshirilayotgani aniqlangan.
17:34 / 12.07.2025
Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Ammo bu mamlakat muxtoriyat maqomida bo'ladi
22:25 / 12.07.2025
Putin AQShdan sanksiyalar kutmoqda

Putin AQShdan sanksiyalar kutmoqda

Amerikaning The New York Times nashri yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampning Moskvag…
12:22 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!