$
12456.25 UZS
45.26
158.36 UZS
-0.02
14461.71 UZS
223.82
38° Kechasi 23°

Polshada YXHT Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

10:16 / 02.12.2022

Kecha, 1-dekabr kuni Lodz shahrida (Polsha) Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 29-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda YXHT va unga qarashli tuzilmalar rahbarlari, tashkilotga a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston TIV rahbari o‘z nutqida tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida barcha jabhalarida demokratik o‘zgarishlarni chuqurlashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli va jadal islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilda qabul qilingan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining maqsad va vazifalari YXHT tamoyillarini to‘la aks ettiradi.

O‘zbekiston inson huquqlari va qadr-qimmatini qat’iy himoya qilish, ommaviy axborot vositalarining ochiqligini, sud hokimiyati mustaqilligi va qonun ustuvorligini, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida qat’iy ekani hamda YXHT bilan hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishga manfafatdorligi ta’kidlandi.

Norov mamlakatimizda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni Yangi O‘zbekistonni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini amalga oshirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratish va demokratik islohotlarning orqaga qaytmasligini ta’minlashga qaratilganini ta’kidladi.

Shuningdek O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi (YXHT PA) raisi Margarita Sederfelt va Finlyandiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto bilan uchrashdi.

O‘zbekiston TIV rahbari M.Soderfeltni joriy yilning iyul oyida assambleya raisi lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalari va YXHT PA o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Vladimir Norov YXHT Parlament Assambleyasi raisiga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan, jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab olgan jadal va keng ko‘lamli demokratik islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilganidek, Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada oshirishdan iborat.

2023-yilda O‘zbekistonda YXHT PAning kuzgi sessiyasini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlar iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish muhimligini taʼkidladilar, “Finnpartnership” koʻmagida 2022-yil 1-noyabr kuni Toshkent shahrida Finlyandiyaning qator kompaniyalari ishtirokida “yashil” texnologiyalar, energetika, suv xoʻjaligi, qurilish materiallari sohasida oʻtkazilgan biznes-forumning samarali natijalarini olqishladilar. Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari, jumladan, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Finlandiyaning “EastCham Finland” kompaniyasi oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Ekspertlarning oʻzaro tashriflarini tashkil etish, oʻqituvchi va talabalar almashinuvi dasturlari, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish orqali taʼlim sohasida hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Vazirlar BMTning Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik Trast fondi doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashdilar.

Parlamentlararo muloqotni faollashtirish va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekani tasdiqlandi.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari rafiqalari bilan daraxt ekishdi

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari rafiqalari bilan daraxt ekishdi

25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari…
12:58 / 25.06.2025
UFC. Jon Jons faoliyatini yakunladi

UFC. Jon Jons faoliyatini yakunladi

Endilikda Tom Aspinall to‘laqonli chempionga aylandi.
11:45 / 22.06.2025
Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

“Suriya poytaxti Damashqning sharqiy qismida joylashgan avliyo Pavel cherkovida portlash sodir bo‘ldi”, –  deb xabar bermoqd…
10:23 / 23.06.2025
Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
11:54 / 23.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” pley-offga yo‘l oldi

Klublar o‘rtasidagi JCh. Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” pley-offga yo‘l oldi

Ushbu bellashuvlardan keyin “A” guruhida “Inter Mayami” va “Palmeyras” bir xil 5 ochko to‘plagan holda keyingi bosqichga yo‘…
09:45 / 24.06.2025
AQSh Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

“Tramp ma’muriyati Erondan ehtimoliy qasos hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, aynan keyingi 48 soat jiddiy xavotir uyg‘otmoqda…
15:34 / 22.06.2025
23-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol …
13:16 / 22.06.2025
Eron va Isroil o‘rtasida sulh kuchga kirdi

Eron va Isroil o‘rtasida sulh kuchga kirdi

Bu haqda Eronning Press TV telekanali xabar berdi.
11:14 / 24.06.2025
Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
17:03 / 24.06.2025
25-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

25-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

25-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol …
16:30 / 24.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!