$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Prezident farmatsevtika sanoati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

20:26 / 28.11.2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika va elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarishni yana-da qo‘llab-quvvatlash, korxonalarning eksport salohiyatini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Mamlakatda bu ikki tarmoq uchun ham zarur xomashyo, yetarli sharoitlar bor. Xususan, oxirgi olti yilda farmatsevtika sohasida ishlab chiqarish 3 barobar, eksport 6 barobar ko‘paygan. 525 million dollarlik 177 ta loyiha ishga tushib, jami 50 mingta ish o‘rni yaratilgan.

Lekin bu hali mavjud imkoniyat va talab darajasida emas. Masalan, O‘zbekistonda yiliga 1,6 milliard dollarlik dori-darmon isteʼmol qilinadi. Bunda mahalliy mahsulotlarning ulushi bor-yo‘g‘i 18 foiz, qolgani import hisobidan qoplanayapti.

Shu bois yig‘ilishda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

– So‘nggi yillarda bu sohaga katta ko‘mak va mablag‘ berildi, farmatsevtika zonalari tashkil etildi. Lekin bundan to‘la foydalanilmayapti. Mahalliylashtirishni kengaytirish, tadbirkorlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotlari xaridorgirligini taʼminlash kerak. Buning zamirida qancha ish o‘rni, qancha odamlarning roziligi bor, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu borada xorij tajribasini o‘rganish, mashhur brendlarni mamlakatga jalb etish muhimligi taʼkidlandi. Jumladan, eng ko‘p isteʼmol qilinadigan 50 turdagi dorini O‘zbekistonda ishlab chiqarish orqali mahalliylashtirish ulushini 35 foizga yetkazish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

“Tashkent Pharma Park” klasteri qurilishini jadallashtirish, unga xususiy sherikni jalb etish zarurligi aytildi. Shuningdek, farmatsevtika korxonalariga “GMP” xalqaro standartiga o‘tish va  markirovkalash tizimini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashiladi.  

Umuman, bu sohada 1,5 milliard dollarlik 173 ta loyiha shakllantirilgan. Ularni moliyalashtirish uchun 600 million dollar yo‘naltiriladi.

Mutasaddilar bularning natijasida 2024 yilda 400 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarilishi, 160 million dollar eksport taʼminlanishi bo‘yicha axborot berdi.

Yig‘ilishda elektrotexnika sanoatiga doir masalalar ham ko‘rib chiqildi.

So‘nggi olti yilda bu sohada 640 million dollarlik 224 ta loyiha ishga tushirilgan. Bu yil yakunida eksport 1 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, yurtimizga yiliga 800 million dollarlik elektrotexnika tovarlari import bo‘lmoqda. Umuman olganda, mintaqamizda 3 milliard dollarlik bozor bor.

Bunda munosib o‘rin egallash uchun nufuzli brendlar bilan hamkorlik o‘rnatib, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish zarurligi qayd etildi. Kelgusi yilga mo‘ljallangan 2 milliard dollarlik 141 ta loyihada bunga alohida eʼtibor qaratiladi.

Joriy yilda 2 gigavatt, 2024 yilda yana 4 gigavatt quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Ularga juda ko‘p kabel, generator, invertor, transformatorlar zarur. Bu mahsulotlarni mahalliylashtirib, xalqaro sifat sertifikatlari olish vazifasi qo‘yildi.

Sohada ilg‘or texnologiya, innovatsiya va xalqaro standartlarni joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollar yo‘naltirilishi belgilandi.

Mutasaddilar kelgusi yilda ishlab chiqarishni 20 foizga oshirish, misni qayta ishlash hajmini 140 ming tonnaga olib chiqish rejalarini bayon etdi. Shuningdek, eksportni 1,5 milliard dollarga, 2025 yilda 2 milliard dollarga yetkazish imkoniyati borligi qayd etildi.

Yig‘ilishda ushbu tarmoqlardagi muammo va vazifalar yuzasidan viloyat hokimlari va tadbirkorlarning takliflari eshitildi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!