$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev Qozonda Putin bilan uchrashdi

22:19 / 21.02.2024

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar21 fevral kuni Qozon shahriga amaliy tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Qayd etilishicha, suhbat avvalida davlatimiz rahbari Rossiya Prezidentini sportning anʼanaviy va virtual turlarini o‘zida mujassam etgan “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro musobaqasi o‘tkazilayotgani bilan samimiy qutladi.

Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari, jumladan, o‘tgan yil 5-7 oktyabr kunlari Moskva shahrida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yetakchilar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

2023 yilda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari, hududlar, taʼlim, tibbiyot forumlari, qator boshqa ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholandi.

Tovar ayirboshlashning ijobiy surʼati saqlanib qolmoqda. Sanoat, energetika, transport, kimyo, farmatsevtika va boshqa tarmoqlardagi loyihalar faol bosqichga kirgan.

Hududlar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rag‘batlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Toshkent va Jizzax viloyatlarida industrial texnoparklar muvaffaqiyatli ishlamoqda. Buxoro va Navoiy viloyatlarida yangi “Alabuga” va “Master” innovatsiya parklari barpo etilmoqda.

Davlat rahbarlari transport yo‘laklarini birgalikda rivojlantirish, temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak xalqaro tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.


Bu ham qiziq

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston Turkiya kompaniyalarini qişloq xöjaligi, infratuzilma va quriliş sohalaridagi qöşma loyihalarga jalb etmoqçi. Bu …
14:19 / 19.11.2026
Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş materiallari sanoatidagi natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtalib, yaqin yill…
15:08 / 20.11.2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash yig‘ilishi…
13:59 / 19.11.2026
Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning bir…
13:56 / 19.11.2026
Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
14:43 / 19.11.2026
Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026
Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan özbek tilidagi 6 milliardga yaqin sözni öz içiga olgan yirik oçiq matnli ma’lumot…
11:29 / 20.11.2026
Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026
Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan inv…
15:04 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!