$
12729.48 UZS
-20.27
139.72 UZS
-0.53
14156.45 UZS
14.43
28° Kechasi 16°

Prezident Quyuv-mexanika zavodining salohiyati bilan tanishdi

13:42 / 19.03.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Toshkent shahridagi Quyuv-mexanika zavodiga tashrif buyurdi.

Qariyb 40 gektar maydonli bu zavod bir paytlar to‘liq ishlamay, past rentabelli bo‘lib qolgan edi. Shu bois “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufiga o‘tkazilib, 2013-yilda modernizatsiya qilindi. So‘nggi yillarda mahalliylashtirish jadal kengayib, uning iqtisodiy samaradorligi yanada oshdi. 

Bugun majmua yiliga 1 ming 200 ta yuk vagoni ishlab chiqarish va 1 ming 500 tasini ta’mirlash quvvatiga ega barqaror korxona.

Vagonlar tarkibi ham talabgir. Jumladan, yarim ochiq, usti yopiq, uzun bazali hamda don, sement, meneral o‘g‘it tashishga mo‘ljallangan 6 turdagi yuk vagonlari ishlab chiqarilmoqda. 

Metall quyish og‘ir sanoatning eng muhim tarmog‘i, ta’bir joiz bo‘lsa, "yuragi" hisoblanadi. Bu yerda 120 million dollar hisobiga quyuv sexi barpo etilgan. U yiliga 26 ming tonna mahsulotlar tayyorlashga mo‘ljallangan. Bu yerda temir yo‘llar ekspluatatsiyasi va harakat tarkibida ishlatiladigan barcha turdagi ehtiyot qismlar quyiladi.

Davlatimiz rahbari ushbu mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.

- Bugungi kundagi eng katta maqsadimiz - ko‘proq ish o‘rinlari yaratish. Masalan, bu yil mamlakatimizda 100 mingta uy qurmoqchimiz. Ular qachon odamlarga ma’qul bo‘ladi? Yonida ish o‘rni bilan bo‘lsa. Shuning uchun, xuddi tomorqalarda bo‘layotganidek, ko‘p qavatli uylar bo‘yicha ham mahallalarda iqtisodiy loyihalar qilinadi. Qaysi xonadonda ishsiz bo‘lsa, bandligiga ko‘maklashiladi. Bunda mana shunday zavodlar muhim, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois majmuada shaharsozlik, kommunal va boshqa tarmoqlar uchun ham mahsulotlar ishlab chiqarish, bu imkoniyatlar bilan tadbirkorlarni tanishtirib, buyurtmalarni ko‘paytirish kerakligi ta’kidlandi. Bu, o‘z navbatida, turdosh tarmoqlarda ham ish o‘rinlari ochilishiga turtki beradi.

Zavodda yuk vagonlari qurish, mexanika yig‘uv, g‘ildirak yig‘uv, quyuv, ta’mirlash, temirchilik va presslash, tayyorlov va komplektlash kabi 26 ta sex bor. Prezidentimiz majmua bo‘ylab yurib, ulardagi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Korxonada 2018-2023-yillarda mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 100 xil turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. 2023-yilda jami 267 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan, 10 million dollarlik 170 ta vagon va ehtiyot qismlar eksport qilingan. Joriy yilda eksport hajmini 15 million dollarga yetkazish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.

Korxonada xalqaro standartlarga muvofiq ISO 9001 sifat menejmenti va ISO 50001 energetika menejmenti tizimi joriy etilgan.


Bu ham qiziq

Zelenskiy Rossiyaga zarba berishga ruxsat so‘rash uchun AQShga boradi

Zelenskiy Rossiyaga zarba berishga ruxsat so‘rash uchun AQShga boradi

G‘arbning uzoq masofali qurollaridan foydalanishga shaxsan ruxsat so‘rash uchun AQShga boradi.
10:16 / 16.09.2024
Qozog‘iston prezidenti Rossiyani harbiy jihatdan yengilmas deb atadi

Qozog‘iston prezidenti Rossiyani harbiy jihatdan yengilmas deb atadi

“Rossiya harbiy jihatdan yengilmas”, – dedi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ostona shahrida Germaniya kansleri…
17:39 / 16.09.2024
G‘azoda qurbonlar soni 41 226 kishiga yetdi

G‘azoda qurbonlar soni 41 226 kishiga yetdi

2023-yil 7-oktyabrdan boshlab Isroil genotsidida ayblanayotgan qo‘shinning G‘azo sektoriga hujumlari qurbonlari soni 41 226 …
18:05 / 16.09.2024
To‘qayev tashqi razvedka va antiterror xizmati rahbarlarini iste’foga chiqardi

To‘qayev tashqi razvedka va antiterror xizmati rahbarlarini iste’foga chiqardi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KXB) tashqi razvedka xizmati va Antiterr…
10:31 / 16.09.2024
Robert  Oppengeymer. Atom bombasining otasi

Robert Oppengeymer. Atom bombasining otasi

Sizga taqdim etmoqchi bo‘lgan bugungi maqolamizda ushbu daho insonning hayoti, atom bombasining kashf qilinishi va boshqa bi…
17:14 / 15.09.2024
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida migratsiya sohasida bitim imzolandi

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida migratsiya sohasida bitim imzolandi

Samarqandda o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya oliy darajadagi muzokaralari natijasida “Migratsiya va mobillik sohasida har tomonl…
10:14 / 16.09.2024
Xususiy OTMlardagi ayrim talabalarga kontrakt pullari to‘lab beriladi

Xususiy OTMlardagi ayrim talabalarga kontrakt pullari to‘lab beriladi

Yoshlar daftariga kiritilgan xususiy oliygoh talabalarining 17 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beri…
16:56 / 16.09.2024
Mirziyoyev O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqandga bordi

Mirziyoyev O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqandga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga bordi.
16:55 / 15.09.2024
Dubayda 500 nafarga yaqin o‘zbekistonlik millionerlar borligi aniqlandi

Dubayda 500 nafarga yaqin o‘zbekistonlik millionerlar borligi aniqlandi

Dubayda qiymati milliard dollardan ortiq ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar borligi aniqlangan.
14:58 / 15.09.2024
Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols birgalikda daraxt ekdi

Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols birgalikda daraxt ekdi

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
13:59 / 16.09.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!