$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Prezidentga qanday savolingiz bor?” – kichik so‘rovnoma

12:00 / 25.12.2021

Xabaringiz bor, joriy yil 24-dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalistlar va jamoatchilik faollari ishtirokida yillik matbuot anjumanida ishtirok etdi. Tadbirda mamlakat prezidentiga turli mavzularda savollar berildi va javoblar olindi.

Xabardor.uz ayni ko‘rinishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham keng jamoatchilik vakillari uchun matbuot anjumani tashkil qilsa, ular mamlakat taqdiri bilan bog‘liq qanday savollarni bergan bo‘lar edi, mazmunida kichik so‘rovnoma o‘tkazdi.

So‘rovnomaga ijtimoiy faol fuqarolar, shuningdek, jurnalistlar jalb qilingan.

Xo‘sh, O‘zbekiston Prezidenti matbuot anjumani o‘tkazganda jurnalist va faollar qanday savollar bergan bo‘lar edi?..

Quyida so‘rovnoma ishtirokchilarining davlat rahbariga bermoqchi bo‘lgan savollarini keltiramiz.

Zafarbek Solijonov, bloger:

– O‘zingizning islohotlaringizdan o‘zingizning ko‘nglingiz to‘lyaptimi?

Mavjuda Xolmatova, “Xalq so‘zi” gazetasi xodimi:

– Shuncha oltinimiz, tabiiy boyliklarimiz, unumdor yerlarimiz bo‘lgani holda nega biz qashshoqmiz?

Kamoliddin Rabbimov, siyosatshunos:

– Muhtaram Prezident, O‘zbekistonda tuman va viloyatlar hokimlari saylovini qanday tasavvur qilasiz? Bu qachon yo‘lga qo‘yilishi mumkin? Hokimlarni saylanishida, ya’ni bu mexanizmni joriy qilishda qanday siyosiy risklar bo‘lishi mumkin? Hokimiyat vertikalini o‘zgartirganda O‘zbekiston davlatchiligini o‘zgarish davrida qanday muammolar yoki qanday bir vazifalar kutishi mumkin?

Farrux Jabborov, jurnalist:

– Keyingi saylovda konstitusiyani buzmaysizmi? Yoki o‘zingizga moslab o‘zgartirib olmaysizmi?

Abror Zohidov, “Kun.uz” sayti muxbiri:

– Men davlat rahbariga bir necha marta bevosita savol berishga ulgurganman. Shu bois men uchun hamkasblarning savollari qiziq.

Anora Sodiqova, “Rost.24” nashri bosh muharriri:

– Qaysi kuyovingizni ko‘proq yaxshi ko‘rasiz, deb savol bergan bo‘lardim.

Barno Sultonova, “Xabar.uz” nashri muxbiri:

– Yaqinda amal berib arqonni uzun tashlab qo‘yaman dedingiz, agar sir bo‘lmasa bu arqon qachon tortiladi?

– Germaniyada yer osti qazilma boyliklarini ko‘mib tashlashgan ekan. Kovlab o‘zlariyam foydalanishmas va sotmas ham ekan. Kelajak avlodlarga qoldirish maqsadida. Biz ham qazilma boyliklarimizni ko‘mib tashlasak bo‘lmaydimi?

Solijon Yahyoyev, “Amerika ovozi” muxbiri:

– 3 ta  savolim bor. Ana shu savollarimga O‘zbekistonning amaldagi  prezidenti Shavkat Mirziyovdan javob olsam, xursand bo‘lardim.

– Prezidentligingizning ikkinchi muddati tugagandan so‘ng (bu yerda 10 yil nazarda tutilyapti, Konstitutsiyaga va qonunlarga o‘zgartirishlar kiritib muddatni sun’iy ravishda uzaytirgan holda emas) o‘zingizni qaysi ishga bag‘ishlamoqchisiz?

– Uchinchi muddatga prezident vazifasiga qolishingizni so‘rab murojaatlar tushsa, sizning qaroringiz qanday bo‘ladi? Qaysi holatda davlat rahbari vazifasida qolishingiz mumkin, qolmaydigan bo‘lsangiz nega?

– Har gal farmon va qarorlaringizni qabul qilayotganda, qonunlarga imzo chekayotganingizda birinchi galda kimni o‘z ko‘zingiz oldiga keltirasiz? Nimaga?

Ma’lumot uchun, Xabardor.uz yuqoridagi so‘rovi bo‘yicha murojaat qilgan o‘nga yaqin jurnalist va faollar sukut qilishni afzal bilishdi.

Hurmatli o‘quvchi, siz-chi? Sizning davlat rahbariga beradigan savollaringiz bormi?..


Bu ham qiziq

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!