$
12054.03 UZS
18.81
167.05 UZS
-0.9
13932.05 UZS
16.93
31° Kechasi 18°

Putin Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi

16:24 / 07.03.2026

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida Moskva Yaqin Sharqdagi keskinlikni kamaytirish va nizolarni kuch ishlatmasdan hal qilish zarurligini ta’kidladi.

Kreml matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya rahbari jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish va mintaqa muammolarini diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini yana bir bor bildirgan. Moskva Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun siyosiy va diplomatik mexanizmlardan foydalanish kerakligini ta’kidlagan.

Suhbat chog‘ida Putin Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar rahbarlari bilan doimiy aloqada ekanini ham aytgan. Uning ta’kidlashicha, Rossiya mintaqadagi barcha tomonlar bilan muloqotni saqlab qolish orqali vaziyatni barqarorlashtirishga intilyapti.

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Rossiyaga Eron xalqi bilan hamjihatlik bildirgani uchun minnatdorlik bildirgan. U hozirgi mojaroning keskin bosqichida vaziyat qanday rivojlanayotgani haqida ham Putinga ma’lumot bergan.

Pezeshkiyon, shuningdek, Eron Rossiyaning xalqaro maydondagi imkoniyatlaridan foydalanib, mamlakatning “qonuniy huquqlari”ni qo‘llab-quvvatlashini kutayotganini aytgan. Bu bayonot AQSh va Isroil bilan bog‘liq hujumlar ortidan Tehron Moskvadan siyosiy yordam kutayotganini anglatadi.

Ayni paytda, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Erondan harbiy yordam yoki qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha rasmiy so‘rov olmaganini bildirgan.

Shu bilan birga, Pezeshkiyon Putinga Eron Ozarbayjonga hujum qilmaganini ham ma’lum qilgan. U Tehron qo‘shni davlatlarga qarshi harbiy harakatlar rejalashtirmaganini ta’kidlab, bunday da’volarni “dushmanlar tomonidan tarqatilayotgan mish-mishlar” deb atagan.

 



														
														AQSh jangovar vertolyoti Hormuz yaqinida halokatga uchradi

AQSh jangovar vertolyoti Hormuz yaqinida halokatga uchradi

AQSh harbiy vertolyoti Hormuz yaqinida halokatga uchradi, deb xabar beradi The New York Times manbalarga tayanib.
11:03 / 09.06.2026

														
														Tramp: “Isroil va Eron zudlik bilan sulh tuzishi kerak”

Tramp: “Isroil va Eron zudlik bilan sulh tuzishi kerak”

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Eron bilan mojaroning yangi avj olishi fonida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telef…
17:47 / 08.06.2026

														
														Si Szinpin yetti yil ichida ilk bor Shimoliy Koreyaga bordi

Si Szinpin yetti yil ichida ilk bor Shimoliy Koreyaga bordi

Xitoy Xalq raisi Si Szinpin dushanba kuni yetti yil ichida birinchi davlat tashrifi bilan Shimoliy Koreyaga bordi, deb xabar…
11:18 / 08.06.2026

														
														Eron dengiz floti kemalarni dushman davlatlar bilan hamkorlik qilishdan ogohlantirdi

Eron dengiz floti kemalarni dushman davlatlar bilan hamkorlik qilishdan ogohlantirdi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) dengiz floti savdo kemalari va neft tankerlarini Hormuz bo‘g‘ozidagi “dushm…
17:56 / 01.06.2026

														
														Tramp surati tushirilgan kupyuralar chiqarilishi mumkin

Tramp surati tushirilgan kupyuralar chiqarilishi mumkin

Ammo AQSh qonunchiligi tirik shaxslar suratini milliy valyutada aks ettirishni taqiqlaydi.
12:33 / 01.06.2026

														
														Netanyaxu SAXALga Livandagi harbiy amaliyotlarni yanada kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qildi

Netanyaxu SAXALga Livandagi harbiy amaliyotlarni yanada kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil kuchlari kuchli mudofaa chiziqlarini yorib o‘tgan, strategik ahamiyatga ega hududlarni nazora…
17:38 / 31.05.2026

														
														Ebola virusi shiddat bilan tarqalmoqda

Ebola virusi shiddat bilan tarqalmoqda

Har kuni kasallikka chalinganlikda gumon qilinayotgan yangi holatlar haqida xabarlar kelmoqda, biroq yuzlab tahlil namunalar…
17:25 / 31.05.2026

														
														Qirg‘izistonda Starlink rasman ishga tushdi

Qirg‘izistonda Starlink rasman ishga tushdi

SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmati Qirg‘iziston hududida rasman faoliyatini boshladi.
09:39 / 25.05.2026

														
														Tinchlik kengashining G‘azo bo‘yicha 15 bandlik rejasi e’lon qilindi

Tinchlik kengashining G‘azo bo‘yicha 15 bandlik rejasi e’lon qilindi

Nikolay Mladenov Donald Trampning G‘azo bo‘yicha “Keng qamrovli tinchlik rejasi”ni amalga oshirishga qaratilgan 15 banddan i…
17:39 / 22.05.2026

														
														Lavrov matbuot anjumanida jurnalistga tanbeh berdi

Lavrov matbuot anjumanida jurnalistga tanbeh berdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov matbuot anjumani vaqtida unga xalaqit bergan jurnalistga tanbeh berdi.
17:35 / 15.05.2026

Bu ham qiziq

AQSh Eronga yangi zarbalar berdi

AQSh Eronga yangi zarbalar berdi

AQSh Markaziy qo‘mondonligi Prezident Donald Tramp topshirig‘iga binoan Erondagi bir nechta nishonlarga qarshi “o‘zini himoy…
08:58 / 11.06.2026
3 yoshli bola bog‘cha transportida unutilib, vafot etdi​

3 yoshli bola bog‘cha transportida unutilib, vafot etdi​

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida oilaviy nodavlat bog‘cha xodimlarining e’tiborsizligi sababli 3 yoshli tarbiyalanu…
12:44 / 11.06.2026
Meksikada JCH–2026 ochilishi arafasida norozilik namoyishlari boshlandi

Meksikada JCH–2026 ochilishi arafasida norozilik namoyishlari boshlandi

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati boshlanishi arafasida Meksikada minglab o‘qituvchilar norozilik namoyishlarini …
11:41 / 11.06.2026
“O‘tkan kunlar” sahnasi jonlangan maskan

“O‘tkan kunlar” sahnasi jonlangan maskan

Marg‘ilon shahrida barpo etilgan “Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasi” Farg‘ona vodiysidagi eng yirik …
17:35 / 11.06.2026
Bugun, 12-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 12-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

TOSHKENT SHAHRIHavo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gac…
17:41 / 11.06.2026
“Fransiyaga borish shart emas” — lavanda bog‘i endi O‘zbekistonda

“Fransiyaga borish shart emas” — lavanda bog‘i endi O‘zbekistonda

Fransiyadagi mashhur Provans dalalarini ko‘rish uchun endi minglab kilometr yo‘l bosish shart emas.
12:42 / 11.06.2026
Jurnalistlar surishtiruvlari ortidan 159 milliard so‘mlik qonunbuzilishlar fosh etildi

Jurnalistlar surishtiruvlari ortidan 159 milliard so‘mlik qonunbuzilishlar fosh etildi

O‘zbekistonda jurnalistlar va blogerlar tomonidan e’lon qilingan materiallar asosida 2026-yilning dastlabki besh oyida qiyma…
12:05 / 11.06.2026
O‘zbekistonliklar necha yoshda oila qurishmoqda?

O‘zbekistonliklar necha yoshda oila qurishmoqda?

O‘zbekistonda 2025-yilda birinchi marta nikohdan o‘tayotgan erkaklarning o‘rtacha yoshi 25,6 yoshni, ayollarniki esa 21,4 yo…
17:17 / 10.06.2026
YouTube shaxsiy chatlar funksiyasini qayta ishga tushirmoqda

YouTube shaxsiy chatlar funksiyasini qayta ishga tushirmoqda

YouTube foydalanuvchilar uchun shaxsiy xabar almashish imkoniyatini bosqichma-bosqich qayta joriy etmoqda.
14:56 / 11.06.2026
Jaloliddin Masharipov belidagi jarohat sabab o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi

Jaloliddin Masharipov belidagi jarohat sabab o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov AQSHdagi yig‘in davomida bel qismidagi og‘riqlar sabab so…
10:46 / 10.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!