$
11960.09 UZS
-71.16
152.53 UZS
-0.71
13670.38 UZS
-94.57
31° Kechasi 18°

Qalbaki hujjatlar orqali 2 mlrd so‘m QQSni qaytarish sxemasi fosh etildi

11:25 / 08.04.2026

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy, Toshkent va Andijon viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish yo‘nalishida Chirchiq shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi MCHJning muqaddam sudlangan xodimi Navoiy viloyatidagi xususiy korxona ish boshqaruvchisining ishonchiga kirib, 2025-2026-yillarda 20 mlrd so‘m atrofida tovar aylanmasi bo‘lganligi to‘g‘risida qalbaki hujjatlar rasmiylashtirish orqali, mazkur korxona hisobiga byudjetdan 2 mlrd so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini soliq idoralarida ishlovchi tanishlari ko‘magida qaytarib olinishida yordam berishini aytadi. O‘z navbatida, ushbu “xizmat” haqi evaziga 340 mln so‘m talab qiladi.

QQSni korxona hisob raqamiga tushirib berish bilan bog‘liq barcha soxta amaliyotlarni uning sherigi – Andijon shahrida yashovchi, 1971 y.t. yakka tartibdagi tadbirkor amalga oshiradi. Ya’ni, tadbirkor o‘ziga tanish bo‘lgan MCHJ va Navoiy viloyatidagi xususiy korxona o‘rtasida elektron shartnoma rasmiylashtiradi. Ushbu shartnomaga asosan, go‘yoki qiymati 18 mlrd 670 mln so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilganligi, transport xizmati ko‘rsatilganligi va qurilish materiallari yetkazib berilganligi to‘g‘risida 10 ta soxta elektron hisob-fakturalar rasmiylashtirib, 2 mlrd so‘m QQS qaytarilishiga erishadi.

Shundan so‘ng talab qilingan pul mablag‘ini ular o‘zlarining jinoiy sheriklari – Qibray tumanida yashovchi, 1973 y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan shaxs va Andijon shahrida istiqomat qiluvchi, 1996 y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan fuqaro orqali olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Aniqlanishicha, ushbu shaxslar talab qilingan 340 mln so‘mni o‘zaro taqsimlab olishlari kerak bo‘lgan.

Mazkur to‘rt nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari doirasida ularning mazkur noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan soliq idoralaridagi tanishlarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														Jazirama sabab 10:00–17:00 oralig‘ida ochiq havodagi ayrim ishlar to‘xtatiladi

Jazirama sabab 10:00–17:00 oralig‘ida ochiq havodagi ayrim ishlar to‘xtatiladi

O‘zbekistonda anomal issiq sabab soat 10:00 dan 17:00 gacha ochiq havoda xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mum…
10:14 / 20.07.2026

														
														O‘zbekistonga erkak turistlar ko‘proq kelmoqdami yoki ayollar?

O‘zbekistonga erkak turistlar ko‘proq kelmoqdami yoki ayollar?

Yarim yilda O‘zbekistonga 6,5 milliondan ortiq turist tashrif buyurdi.
16:11 / 19.07.2026

														
														20-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

20-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
15:49 / 19.07.2026

														
														Anomal issiqda xodim ishlashni rad etishga haqlimi?

Anomal issiqda xodim ishlashni rad etishga haqlimi?

Davlat mehnat inspeksiyasining ma’lum qilishicha, agar anomal issiq paytida mehnat sharoiti xodimning hayoti yoki sog‘lig‘i …
12:23 / 19.07.2026

														
														IChO 2026 yakunlandi: O‘zbekistonlik o‘quvchilar 1 oltin va 3 kumush medalni qo‘lga kiritdi

IChO 2026 yakunlandi: O‘zbekistonlik o‘quvchilar 1 oltin va 3 kumush medalni qo‘lga kiritdi

58-Xalqaro kimyo olimpiadasining (IChO 2026) tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini himoya q…
11:44 / 19.07.2026

														
														Farg‘onada 2 ayolni Turkiyaga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Farg‘onada 2 ayolni Turkiyaga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Farg‘ona viloyati IIB hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida odam savdosi…
11:36 / 18.07.2026

														
														Zangiotadagi zapravkada yuz bergan portlash sabablari ochiqlandi

Zangiotadagi zapravkada yuz bergan portlash sabablari ochiqlandi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 16-iyul kuni kechasi avtomobillarga suyultirilgan gaz to‘ldirish shoxobchasida (AGTS…
11:33 / 18.07.2026

														
														Toshkent metrosining ish vaqti qisqartirildi

Toshkent metrosining ish vaqti qisqartirildi

Toshkent metropolitenining yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida 17-iyuldan 19-iyulgacha – ikki kun muddatga poyezdlar harakati …
16:34 / 17.07.2026

														
														18-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:10 / 17.07.2026

														
														Jazirama sabab elektr ta’minoti vaqtincha uziladi

Jazirama sabab elektr ta’minoti vaqtincha uziladi

O‘zbekistonda yirik avariyalarning oldini olish uchun ayrim hududlarda elektr 2 soatga o‘chiriladi.
16:03 / 17.07.2026

Bu ham qiziq

Rossiyadan O‘zbekistonga shokolad niqobi ostida narkotik yuborilgani aniqlandi

Rossiyadan O‘zbekistonga shokolad niqobi ostida narkotik yuborilgani aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Rossiyadan O‘zbekistonga yuborilgan jo‘natma ichidan narkotik modda aniqlanganini ma’lum qildi.
17:15 / 19.07.2026
18-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:10 / 17.07.2026
2026-yilgi mundial FIFA uchun rekord daromad keltirdi

2026-yilgi mundial FIFA uchun rekord daromad keltirdi

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati FIFA tarixidagi eng daromadli turnirga aylandi.
12:07 / 21.07.2026
IChO 2026 yakunlandi: O‘zbekistonlik o‘quvchilar 1 oltin va 3 kumush medalni qo‘lga kiritdi

IChO 2026 yakunlandi: O‘zbekistonlik o‘quvchilar 1 oltin va 3 kumush medalni qo‘lga kiritdi

58-Xalqaro kimyo olimpiadasining (IChO 2026) tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini himoya q…
11:44 / 19.07.2026
Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Endi Byornem Buyuk Britaniyadagi hukmron Leyboristlar partiyasining yangi rahbari etib saylandi.
11:38 / 18.07.2026
Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadada ishlab chiqarilgan vinolardan tortib xokkey tayoqchalari va sementgacha bo‘lgan ayrim …
10:44 / 21.07.2026
Farg‘onada 2 ayolni Turkiyaga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Farg‘onada 2 ayolni Turkiyaga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Farg‘ona viloyati IIB hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida odam savdosi…
11:36 / 18.07.2026
G‘ijduvon va Nukus tumanlarida noqonuniy dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

G‘ijduvon va Nukus tumanlarida noqonuniy dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Tezkor tadbir davomida 111 turdagi jami 25716 dona dori vositalari, bo‘sh qutilar, yorliqlar, yo‘riqnomalar va boshqa vosita…
09:17 / 17.07.2026
Jazirama sabab 10:00–17:00 oralig‘ida ochiq havodagi ayrim ishlar to‘xtatiladi

Jazirama sabab 10:00–17:00 oralig‘ida ochiq havodagi ayrim ishlar to‘xtatiladi

O‘zbekistonda anomal issiq sabab soat 10:00 dan 17:00 gacha ochiq havoda xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mum…
10:14 / 20.07.2026
20-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

20-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
15:49 / 19.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!