$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Qariyb 50 yillik, moddiy-texnik bazasi eskirgan tibbiyot markazi uchun yangi majmua barpo etiladi

21:24 / 29.11.2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-noyabr kuni onkologiya va endokrinologiya tibbiyot markazlari qurilishiga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, bu ikki yoʻnalish inson umri, hayot sifati, genofond sogʻlomligini belgilaydigan dolzarb sohalardir. Shifoxonalarga murojaatlar va joylarda oʻtkazilgan tibbiy koʻriklar tahlili bunday kasalliklar koʻp uchrayotganini koʻrsatgan. Bu yoʻnalishdagi respublika markazlarining binolari ham eskirgan edi.

Holat bilan bevosita tanishish maqsadida davlatimiz rahbari shu yil may oyida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini borib koʻrgan edi. Shundan kelib chiqib, 27-may kuni Prezidentning “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unda Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markazi uchun yangi zamonaviy binolar qurilishi va jihozlash belgilangan edi.

Keltirilishicha, shundan soʻng, xorijiy klinikalarning ilgʻor tajribasi, shifokor va bemorlar uchun barcha sharoitlar hisobga olinib, loyiha ishlab chiqildi. Oʻtgan galgi taqdimotlarda bildirilgan fikrlar asosida u yanada takomillashtirildi.

Maʼlum qilinishicha, yangi bino 10 qavatli boʻladi. 3 qavatli yerosti qismida radiologiya va nur terapiya, pozitron-emission tomografiya, radioizotop tekshirish kabi boʻlimlar joylashtiriladi. Markazda immunoterapiya, target terapiya, chiziqli tezlatkich yordamida va stereotoksik nur terapiya, radioxirurgiya kabi yangi davolash uslublari joriy etiladi. Ushbu yangi bino Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-klinikasi hududida quriladi.

Yurtimizdagi ulkan ilmiy, diagnostik va davolash salohiyatiga ega muassasalardan yana biri Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidir. Unda 288 oʻrinli statsionar boʻlim va 250 kishiga moʻljallangan maslahat-diagnostika klinikasi bor. Markazning hozirgi binosi 1974 yilda qurilgan, moddiy-texnik bazasi eskirgan.

Qariyb 50 yillik, moddiy-texnik bazasi eskirgan tibbiyot markazi uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi negizida yangi majmua barpo etiladi

Shu bois, ushbu muassasa uchun Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-klinikasi negizida yangi majmua barpo etish rejalashtirilgan. Bu markazning sharoitlarini yaxshilab, xizmatlar turini kengaytiradi. Xususan, bugungi kunda endokrinologiya markazida 14 ta boʻlim boʻlsa, yangi majmuada yana 14 ta boʻlim ochish uchun imkoniyat yaratiladi.

Prezident qurilish loyihalarini maʼqullab, endi ish tizimini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish va tibbiy xizmat sifatiga eʼtibor qaratish kerakligini taʼkidladi. Markazlarga xorijdan mutaxassislar jalb etish, shifokorlarni jahon tibbiyoti yutuqlari asosida qayta oʻqitish, ilmiy tadqiqotlarni ragʻbatlantirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Ushbu respublika markazlarini qurish bilan birga hududlardagi dispanser va poliklinikalarda sharoitlarni yaxshilash, zamonaviy tashxis uskunalari yetkazib berish, shifokorlar malakasini oshirish muhimligi qayd etildi.


Bu ham qiziq

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!