$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Qashqadaryoda 10ga yaqin shifoxona mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

10:57 / 28.12.2021

2020-yil va 2021-yilning 1-yarim yili davomida Qashqadaryo viloyatidagi 10 ta tibbiyot muassasalari tomonidan 75 dona jami 7 mlrd. 817,6 mln. so‘mlik tibbiy uskunalar Qarshi shahridagi mas’uliyati cheklangan jamiyatdan shartnoma asosida juda qimmat narxlarda byudjet mablag‘lari hisobiga sotib olinganligi aniqlandi.

Mazkur holat Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Qashqadaryo viloyatida tibbiy uskunalar xarid qilinishi qonuniyligini o‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lgan.

Agentlikning Xabardor.uz’ga bergan ma’lumiga ko‘ra, ushbu materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun Bosh prokuratura  huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborilgan va Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan bozor bahosini aniqlash bo‘yicha ekspertiza tayinlangan.

Qayd etilishicha, X.Sulaymonova nomidagi Respublika ekspertiza markazining Qashqadaryo viloyati bo‘limi ekspertlari tomonidan dastlabki baholash ishlari yakunlariga ko‘ra, 65 dona 43 turdagi tibbiy uskunalari tibbiyot muassasalari tomonidan 5 mlrd. 421,4 mln. so‘mga xarid qilingan bo‘lsa, ekspert xulosasiga ko‘ra, haqiqatda, 2 mlrd. 808,1 mln. so‘mlik qiymatga ega ekanligi, ya’ni 2 mlrd. 613,3 mln. so‘mga qimmat narxlarda sotib olinganligi aniqlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 2 mlrd. 613 mln. 334 ming 899 so‘mga qimmat narxlarda tibbiy uskunalar sotib olinganligi holati yuzasidan 2021-yil 16-dekabr kuni  ta’minotchi jamiyat va Qashqadaryodagi 9 ta tibbiyot muassasalari mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!