$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
43° Kechasi 27°

Qashqadaryoda kompyuter qurilmalari ishlab chiqariladi

15:07 / 26.01.2024

Xitoy kompaniyalari hamkorligida Qashqadaryo viloyatida kompyuter qurilmalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, loyihaning dastlabki qiymati 30 million dollar bo‘lib, unda yillik 1 milliondan ortiq mahsulotlar va qurilmalar ishlab chiqariladi.

“Xitoyda bo‘lib turgan viloyat hokimligining delegatsiyasi Shenjen shahridagi kompyuter texnologiyalari yo‘nalishidagi yirik kompaniyalar Shenzhen T.D.S Electronic Technology va xalqaro Intel kompaniyalari hamkorligida Qarshidagi erkin iqtisodiy zonada monoblok, noutbuk, ona platalar, videokartalar va boshqa kompyuter qurilmalari ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishgan”, – deyiladi xabarda.

Mazkur investitsiyaviy loyiha 2024-yilning 4-choragida ishga tushiriladi. Unda 120 nafar xodim ish bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, xodimlarning aksariyati Xitoyda va xitoylik mutaxassislar ishtirokida O‘zbekistonda malaka oshiradi.


Bu ham qiziq

Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, Qafqazinfo xabar berdi.
16:51 / 01.07.2025
4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:39 / 03.07.2025
“Sevimli” telekanali jarimaga tortildi

“Sevimli” telekanali jarimaga tortildi

Telekanal mualliflik huquqini buzganligi aytilmoqda.
12:52 / 03.07.2025
Yandex Go haydovchilari va kuryerlari 2024-yilda 530 million dollar daromad qilishgan

Yandex Go haydovchilari va kuryerlari 2024-yilda 530 million dollar daromad qilishgan

Yandex Go‘ning O‘zbekistondagi haydovchilari, kuryerlari va hamkorlari 2024-yilda umumiy hisobda 530 million dollar daromad …
13:47 / 04.07.2025
O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 2–5-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:10 / 01.07.2025
O‘zbekiston kubogi chorak finali uchun qur’a tashlandi

O‘zbekiston kubogi chorak finali uchun qur’a tashlandi

Markaziy o‘yin Jizzaxda kechadigan bo‘ldi
20:43 / 03.07.2025
Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga olindi

Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga olindi

15 ming AQSH dollari talab qilgan sudyaning noqonuniy harakatlari fosh etildi
19:21 / 03.07.2025
Toshkentda bankdan 90 ming AQSh dollari o‘g‘irlandi

Toshkentda bankdan 90 ming AQSh dollari o‘g‘irlandi

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
15:10 / 03.07.2025
Yigit kishiga qirq hunar oz

Yigit kishiga qirq hunar oz

Namangandagi koloniyadagi mahkumlarga oshpazlikdan saboq berildi
22:23 / 03.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!