$
11994.10 UZS
6.94
₽
145.79 UZS
-0.5
€
13420.20 UZS
26.95
31° Kechasi 18°

Qatar-2022: Messida 1 000 ta o‘yin 1 ta gol, Ronaldu hech kimga kerakmasmi?

11:22 / 09.12.2022

Qatardagi mundialda guruh bosqichi nihoyalanib, pley-offga chiqqan jamoalar sekin-astalik bilan saragi sarakka puchagi puchakka ajralib bormoqda. Munosiblar davom etyapti kuchsizlar esa uylariga ravona boʻlishyapti. 

Rejada final oʻtkazish-u, maftunkor Qatarni sayohat qilishayotgandir, balki. Xullas birin ketin musobaqa bilan xayrlashishyapti. Bugundan esa chorak final bahslariga start beriladi.

“Qatar-2022 kundaligi” rukni doirasida bu gal, Jahon chempionati nimchorak finalida oʻtkazilgan oʻyinlar, qiziqarli voqea-hodisalar va ajablanarli raqamlarga toʻxtalamiz.

Niderlandiya – AQSh

Chempionatning ilk chorak finalchisi nomi Niderlandiya va AQSh terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvda aniqlandi. Kutilganidek, okean orti vakillari “uchar gollandlar”ga oson raqib boʻlgani yoʻq albatta, garchi bu hisobda namoyon boʻlmasa-da, AQSh nomdor raqibga qarshi munosib oʻyin namoyish etdi.

Yoʻgʻe deyish mumkin, statistikaga qarang. Biroq yugurganniki emas, buyurganniki Niderlandiya salohiyat va daraja evaziga keyingi bosqichga yoʻl oldi, 3:1. Natijada “lolalar yurti” vakillari Van Gal qoʻl ostida ketma-ket 19-oʻyindirki magʻlubiyatga uchrashmadi.

14 gʻalaba, 5 durang. Niderlandiya oʻzi qatnashgan soʻnggi 3ta mundialda ham 1/4 finalga yoʻllanma oldi. Greg Berxalter jamoasiga tegishli raqamlar ham yoʻq emas, AQSh qatorasiga 3-bor mundialni 1/8 finalda tark etdi.

Argentina – Avstraliya

Messi va uning Argentinasi. Koʻpchilik bu safargi mundialda aynan shunday atayotgan terma jamoa oʻz muxlislari ishonchini sekin-astalik bilan oqlamoqda. Haligacha koʻpchilik bosh murabbiy Lionel Skalonining bu mundial uchun tayyorlagan rejalari, oʻylab qoʻyilgan uslublari, har safar tarkibda kutilmalar borligi-yu, kutilgan oʻyinchilarning esa maydonda koʻrinish bermayotgani qisqa qilib aytganda Qatardagi Argentinaning imzosidan boxabar emas.

Qatar 2022: Argentina Coach Blasted for 'criminal' Decision During Saudi  Arabia Defeat - SportsBrief.com

Har ne boʻlganda ham tarixda qoladigani natija. Galdagi raqib Avstraliya boʻldi. Aslida “Albiseleste” bu uchrashuvda yaqqol favorit va yirik hisobda gʻalaba qozonishi-yu Messinig oʻzi dubl qayd etishi taxmin qilingan edi, amalda esa unday boʻlgani yoʻq, Argentina “Kengerular” darvozasiga 2 ta gol urish bilan cheklandi xolos va hatto qitʼadoshlarimiz bir marta javob qaytarishga ham muvaffaq boʻlishdi.

Oʻyin soʻnggida kutilmagan aslida kutilgan lekin oʻsha paytda kutilmagan bir zarba hammasini oʻzgartirib yuborishi mumkin edi. Ammo Emiliano Martinez jamoasi joniga oro kirdi. Yakunda hisob 2:1 Argentina foydasiga.

Shu kuni Leo mundiallardagi gollar soni borasida mashhur vatandoshi Diyego Maradonani ortda qoldirdi.

Bu argentinaliklar yetakchisining jahon chempionatlarida urgan 9-goli boʻldi. Bu borada Gabriel Batistuta mutlaq rekordchi boʻlib, uning hisobida 10 ta gol bor. Qoʻshimchasiga, Leo faoliyatidagi 1000-oʻyinini oʻtkazdi va mundial pley-offlaridagi birinchi golini urdi, maylida toʻyga toʻyona.

Polsha – Fransiya

Pley-offga bir amallab chiqqan Polsha Fransiyaga roʻbaroʻ keldi. Yana katta sahnaga Mbappe chiqdi. Oʻsha oʻyinda dubl qayd etgan Killian 5 ta gol bilan turnir toʻpurariga aylandi. Qolavers, yosh goleador Jahon chempionatlarida 9 ta gol bilan Ronalduni qoldirib Messini taʼqib qilmoqda.

Mbappening koʻrsatayotgan karomatlari “Oltin toʻp” uchun daʼvogarlar roʻyxatida uni birinchi oʻringa ham olib chiqdi. Darvoqe, oʻsha bahsda Olivye Jiru Polsha darvozasiga gol kiritib, Fransiya milliy jamoasi safidagi gollari sonini 52 taga yetkazib, bu borada rekordchiga aylandi.

Shu ketishda davom etsa koʻp ehtimol bu rekordni ham aynan Mbappe yangilashi hech gap emas. Polsha haqida koʻtarinki gapirish mushkul.

Levandovski oʻz ishini qildi, gol urdi. Ammo futbol 11 kishi bilan oʻynaladigan sport. Bir jamoada esa 11 ta Levandovski boʻlmaydi. Voysex Shensni ham esdan chiqarmaslik kerak.

U Argentinaga qarshi uchrashuvda 9 seyvni amalga oshirdi va bu orqali Qatardagi jahon chempionatida bir uchrashuvda eng koʻp seyvga ega boʻlgan yetakchi darvozabonga aylandi.

Angliya – Senegal

Bu uchrashuv ortiqcha muhokamalarga sabab boʻlmadi. Kuchlar oʻrtasidagi tafovut hisobda ham aks etdi va inglizlar Afrika vakilini yirik 3:0 hisobida taslim etishdi.

Shu tariqa, Angliya 2-bor mundial chorakfinaliga chiqdi. Darvoqe, Garet Sautgeyt shogirdlari joriy mundialda na sariq va na qizil kartochka olmagan yagona jamoa boʻlib turibdi.

Xorvatiya – Yaponiya

Mazkur oʻyin ushbu jahon chempionatidagi birinchi penaltilar seriyasi boʻldi va unda yaqqol farq bilan xorvatlar gʻalaba qozonishdi. 120 daqiqa mobaynida ter toʻkkan kunchiqar yurt vakillarining lotereyada omadi chopmadi.

Shunday boʻlsa ham, yaponlar Ispaniya va Germaniya ustidan qozonilgan gʻalabali va oʻzining yuqori darajadagi madaniyati koʻpchilikning yodida qoldi.

Boshqa tomonda Xorvatiya uchun xavotirli raqamlar. Jamoa 1998-yildan beri JCh pley-offlarida asosiy vaqtda gʻalaba qozona olmayapti.

Braziliya – Janubiy Koreya 

Navbatdagi Osiyo jamoasi uchun nimchorakdagi raqib Braziliya boʻldi. Portugaliyani yengib pley-offga chiqqan Janubiy Koreya “Selesao”ning toʻsigʻidan oʻta olmay, 1:4 hisobida yutqazishdi. Qitʼadoshlarimiz birinchi boʻlimning oʻzidayoq oʻz darvozalaridan 4 ta toʻp olib chiqishga majbur boʻlishdi.

Ketma-ket 8-marta jahon chempionatining chorak finaliga chiqqan, Braziliya soʻnggi 24 yil ichida birinchi marta jahon chempionati pley-off oʻyinida shuncha gol urishga muvaffaq boʻldi.

Jarohatdan tuzalib tarkibga qaytga Neymar esa 1 ta golga mualliflik qildi, oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ispaniya – Marokash

Muxlislarga mazkur bosqichdagi kutilmagan natijani Ispaniya berdi. “Qizil furiya” Marokashga qarshi kechgan 120 daqiqalik oʻyinda raqib darvozasi tomon yoʻl topa olmadi va oqibatda penaltilar seriyasiga koʻra imkoniyatni boy berdi.

Oqibatda Ispaniya jahon chempionatlarida penaltilar seriyasida 4 bor yutqazgan birinchi jamoaga aylandi.

Eʼtiborlisi Marokash JCh chorakfinaliga chiqqan Afrikaning 4-jamoasiga aylandi, terma jamoa bosh murabbiyi Volid Regragi esa JCh 1/4 finaliga chiqqan ilk afrikalik murabbiy boʻldi.

Hatto penaltidan ham gol oʻtkazmagan Marokash esa ayni paytga kelib 1 ta gol bilan turnirdagi eng kam gol oʻtkazgan jamoa boʻlib turibdi. Hayratlanarli a?

Buning sababi esa siz ekranlaringizda koʻrib turgan darvozabon Yassim Bunu. Ajablanarlisi shundaki, Ispaniyadek terma jamoani turnirdan chiqarib yuborgan Marokash termasining naqd 13 nafar futbolchi boshqa mamlakatda tugʻilgan.

Portugaliya – Shveysariya

Pley off-ning soʻnggi uchrashuvida Portugaliya Shveysariyaga gollar yomgʻirini yogʻdirdi. Santush shogirdlari raqiblarini 6:1 hisobida taslim etishdi. Qiziqarli jihati, Ronaldu 2008-yildan soʻng ilk bor Jahon chempionati va Yevro musobaqalarida zaxirada qoldi. Aslida gap bunda emas, aynan Ronalduning oʻrniga tushirilgan futbolchi Gonasulu Ramush xet-trik qayd etganida.

Bu yigitning maydonda harakat qilgan 67 daqiqasi bizni hisob-kitob qilishga undadi. Ramush Eysebio, Pauleta va Ronaldudan keyin JChda het-trik qilgan 4-portugalga aylandi, Ramush joriy jahon chempionatida bir oʻyinda 3 ta gol urgan birinchi futbolchi boʻldi.

Qizigʻi, oʻyindan avval portugaliyalik muxlislar oʻrtasida Ronaldu asosiy tarkibda tushirilishi kerakmi? degan soʻrovnoma oʻtkazilgan va qatnashuvchilarning 70 foizi “Yoʻq” deb ovoz bergan, 30 foizi esa Ronaldunining asosiy tarkibda boʻlishini maʼqul koʻrgan. Bundan kelib chiqadiki, futbol yulduzi endi terma-jamoada ham kerakmasga aylanib qoldimi?

Aytgancha, biz yuqorida gapirib oʻtgan 2022-yilgi jahon chempionatining nimchorak finallarida naqd 28 ta gol urildi. Bu — mundiallar rekordi.

Jahon chempionatining 64 ta oʻyinidan 56 tasi oʻz nihoyasiga yetdi. Yana 8 oʻyin va qarabsizki 2022-yilgi jahon chempionati yakunlanadi.

Butun dunyoda yana 10 kun mundial shukuhi kezib yuradi undan keyingi bayram esa kubokni koʻtargan mamlakatda davom etaveradi.

Bizdan esa, 4 yilda bir sodir boʻladigan katta futbol bayramidan yana bir necha kun bahra olish imkoniyati bor. Shunday qilamiz ham albatta.

Dadajon FOZILOV tayyorladi.



														
														Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonning «Ala-Arça» milliy boğida uzunligi 732 metr bölgan osma şişa köprik quriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda milliy …
10:32 / 08.11.2026

														
														Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Boks böyiça sobiq Avstraliya çempioni Joş Frederiksen 36 yoşida paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi. Bu haqda “World Boxin…
17:34 / 07.11.2026

														
														“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

Bugun, 27 oktyabr kuni Toşkentning “Paxtakor” jamoasi Elit Osiyo çempionlar ligasining 3-turi doirasida Iroqning “Eyr Fors” …
08:35 / 27.10.2026

														
														Angliyaning mashhur klubi Toshkentda akademiya ochishi mumkin.

Angliyaning mashhur klubi Toshkentda akademiya ochishi mumkin.

Angliyaning “Fulhem” futbol klubi Britaniya tajribasi va standartlari asosida Yangi Toshkentda futbol akademiyasini tashkil …
17:05 / 25.10.2026

														
														Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026/2027-yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchisi bo‘lishi ku…
15:35 / 19.10.2026

														
														O‘zbekiston FIFA reytingida necha ball yo‘qotdi?

O‘zbekiston FIFA reytingida necha ball yo‘qotdi?

Kecha, 6 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, 0:2 hisobida…
16:24 / 07.10.2026

														
														“Tekinga jang qilishga tayyorman”.

“Tekinga jang qilishga tayyorman”.

Meliqo‘ziyev chempionlik jangi uchun gonoraridan voz kechmoqchi.
16:09 / 07.10.2026

														
														Osiyo o‘yinlari yakunlandi.

Osiyo o‘yinlari yakunlandi.

Joriy yilgi Osiyo o‘yinlarida umumiy hisobda O‘zbekiston atletlari 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medalga sazovor…
15:43 / 04.10.2026

														
														Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Saudiyani yirik hisobda yengdi.

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Saudiyani yirik hisobda yengdi.

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi jamoa turnir yarimfinaliga chiqdi va final yo‘llanmasi uchun bahsda KXDR va Yaponiya …
16:19 / 25.09.2026

														
														Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni muomalaga chiqaradi

Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni muomalaga chiqaradi

O‘zbekiston Markaziy banki Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan esdalik tang…
15:57 / 23.09.2026

Bu ham qiziq

Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonning «Ala-Arça» milliy boğida uzunligi 732 metr bölgan osma şişa köprik quriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda milliy …
10:32 / 08.11.2026
Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlarga bölgan içki talabni qondiriş maqsadida ularni mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlari örganiladi. Bu…
15:57 / 09.11.2026
Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

7-noyabr kuni Polşadagi Krakov şahrining Boş bozor maydonida otişma sodir böldi.
10:38 / 08.11.2026
Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Boks böyiça sobiq Avstraliya çempioni Joş Frederiksen 36 yoşida paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi. Bu haqda “World Boxin…
17:34 / 07.11.2026
Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston milliy terma jamoasining joriy yil noyabr oyida FIFA kunlari doirasida ötkaziladigan yiğin uçun tarkibi ma’lum bö…
11:27 / 09.11.2026
Töy kortejida yölni tösib, xavfli harakatlangan haydovçilar jazolandi

Töy kortejida yölni tösib, xavfli harakatlangan haydovçilar jazolandi

Toşkent viloyatining Qibray tumanida töy korteji vaqtida avtomobil yölini tösib, ilonizi şaklida harakatlangan haydovçilarga…
09:49 / 09.11.2026
O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Xiva, Nurafshon, Ulug‘nor, Toshkent va Ohangaron tumanlari hamda Toshloq t…
09:41 / 09.11.2026
“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

Özbekistonda “Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olgan şaxslarga avtokredit boşlanğiç badalining bir qismini qoplab beriş, ko…
14:28 / 06.11.2026
Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Ayni paytda Toşkent şahridagi “Hilton” mehmonxonasida III Özbekiston – Rossiya media forumi öz işini boşladi. Özbekiston va …
10:50 / 09.11.2026
Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkent şahridagi “Hilton Taşkent City” mehmonxonasida ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya media forumida ikki mamlakat örta…
15:41 / 09.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!