Argentinalik 18 yoşli futbolçi Abel Nunes yoşlar örtasidagi futbol uçraşuvida boşiga töp tegişi oqibatida olgan miya jarohati sabab vafot etdi. Bu haqda Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga köra, fojia 12-noyabr kuni yoşlar örtasidagi turnirning beşinçi divizioni doirasidagi uçraşuvda yuz bergan. Töp boşiga tekkanidan söng Nunes huşini yöqotgan.
Futbolçiga voqea joyida birinçi yordam körsatilgan va u şifoxonaga olib ketilgan. Şifokorlar jarrohlik amaliyotini ötkazganiga qaramay, uning ahvoli yaxşilanmagan. 15-noyabr kuni futbolçining vafot etgani ma’lum qilingan.
AFA prezidenti Klaudio Tapia futbolçining vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari, döstlari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Hozirça taqdim etilgan ma’lumotlarda voqea yuzasidan qöşimça tafsilotlar keltirilmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!