Joriy yilning 23-iyun kuni Transport vaziri Ilhom Mahkamov Qatar davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hasan Hamza Asad Muhammad Hoshim bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o'rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo'lga qo'yish masalasini muhokama etishdi. Elchi janoblari Qatar Airways aviakompaniyasi Doha – Toshkent – Doha yo‘nalishida aviaqatnovlarni amalga oshirish bo'yicha kompaniya ichki tartiblarini ishlab chiqayotganini ma'lum qildi.
Tomonlar ushbu jarayonlar yakunlangach, parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha mavjud talab va qoidalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!