Qirg‘iziston Respublikasining Ala-Buka tumani (Jalolobod viloyati) Ko‘ktosh QFY Yaylov qo‘mitasi raisi O‘zbekiston fuqarosining arizasiga ko‘ra, tovlamachilikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda UKMK axborot xizmati xabar berdi.
“Ala-Buka tumani (Jalolobod viloyati) Ko‘ktosh QFY Yaylov qo‘mitasi raisi K.u.K. O‘zbekiston fuqarolariga tegishli 9 bosh qoramolni noqonuniy ushlab, egalariga qaytarish uchun 2000 dollar pul talab qilgan. O‘zbekiston fuqarosi raisga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga murojaat qilgan”, – deyiladi xabarda.
Shundan so‘ng, K.u.K. talab qilingan pulning bir qismi – 1000 dollarni olayotgan vaqtida ushlanib, ikki oy muddatga maxsus xizmatning Jalolobod viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi tergov markaziga jo‘natilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 208-moddasi 2-qismi 4-bandi (“Tovlamachilik”) asosida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!