$
12578.21 UZS
-79.98
160.31 UZS
-1.13
14633.49 UZS
-38.62
41° Kechasi 26°

Qishda nega yuqumli kasalliklar avj oladi?

11:50 / 18.01.2023

Mutaxassislar qishda mavsumiy kasalliklar avj olishini immunitet zaiflashuvi bilan izohlaydi. Xoʻsh, sovuq haroratda organizmning infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyati nega pasayadi?

Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Botir Tojiyevning maʼlum qilishicha, viruslar sovuq va quruq havoda faollashadi. Toʻgʻri, qish fasli atmosferada namlik nisbatan yuqori boʻladi. Biroq xonalar isitilishi sababli havo quruqlashadi. Bu esa infeksiyalarning avj olishi uchun qulay muhit.

What To Do If You Think You've Got Symptoms Of COVID-19 : Shots - Health  News : NPR

Qolaversa, patogenlar toza havoni yoqtirmaydi. Ammo sovuq kunlarda eshik va derazalar zich yopilib, xonalar havosi tez-tez almashtirilmaydi. Odamlar asosiy vaqtini issiq sharoitda, bir necha kishi yoki koʻpchilik bir joyda jamlanib oʻtkazadi. Viruslar esa yopiq bino-inshootlar, aholi gavjum joylarda tezroq tarqaladi.

D vitamini — immunitet tizimining meʼyoriy ishlashi uchun muhim element. Inson tanasi bu moddani mustaqil ishlab chiqara oladi. Faqat buning uchun ultrabinafsha nuri zarur. Qish faslida quyoshli kunlar kam boʻlishi bois organizmning bu darmondoriga ehtiyoji ortadi.

AI can detect asymptomatic COVID-19 infections in coughs | World Economic  Forum

Sovuq harorat yuqori nafas yoʻllaridagi tugʻma immunitet hujayralari faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Oʻz navbatida, quruq havo infeksiyalar uchun toʻsiq boʻlgan shilliq qavatlar xususiyatlarini oʻzgartiradi.

Shu bilan birga, yangi uzilgan sarxil meva-sabzavotlar — vitaminlarning tabiiy manbai. Qishda bunday mahsulotlarni topib isteʼmol qilish qiyin. Bu ham inson immun tizimini zaiflashtiruvchi yana bir omil.

Kamharakatlik ham organizmning kasalliklarga kurashish qobiliyatini susaytiradi. Oqibatda shamollash va grippga chalinish ehtimoli oshadi. Qish mavsumida koʻpchilik asosiy vaqtini yopiq muhitda oʻtkazishi tufayli jismoniy faollikdan cheklanadi.


Bu ham qiziq

20-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 25-27 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi
21:39 / 19.07.2025
O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi yangi madaniyat elchisi tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi yangi madaniyat elchisi tayinlandi

Ushbu lavozimga asl kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan inson tayinlandi
19:46 / 20.07.2025
O‘qishni ko‘chirish uchun pul to‘lanishi rostmi?

O‘qishni ko‘chirish uchun pul to‘lanishi rostmi?

Xushnud Xudoyberdiyev bu boradagi fikrlarini bildirdi
23:12 / 19.07.2025
Toshkentda mashina yonib ketishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Toshkentda mashina yonib ketishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
09:11 / 21.07.2025
Kamchatkada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Kamchatkada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Epitsentr Tinch okeani akvatoriyasida joylashgan.
15:22 / 20.07.2025
21-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

21-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 39-41 daraja issiq bo‘ladi
22:19 / 20.07.2025
Reyn-Rur-2025: 6 yillik tanaffusdan keyin delegatsiyamiz Universiada oʻyinlarining oltin medaliga ega chiqdi

Reyn-Rur-2025: 6 yillik tanaffusdan keyin delegatsiyamiz Universiada oʻyinlarining oltin medaliga ega chiqdi

Tahmina Ikromova bu orada o‘zining zafarli odimlarini davom ettirmoqda
20:36 / 19.07.2025
Rossiya bojxona xizmati tomonidan katta miqdordagi kokain kontrabandasi fosh etildi

Rossiya bojxona xizmati tomonidan katta miqdordagi kokain kontrabandasi fosh etildi

Bu borada ularga nomi oshkor etilmagan “xorijlik hamkasblar” yordam bergan
19:56 / 19.07.2025
Ruminiyada keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Ruminiyada keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Prezidentlikka nomzodlikdan chetlatilgan Kalin Georgesku tarafdorlari bir nechta shaharlarda tartibsizliklar uyushtirishda d…
22:56 / 20.07.2025
Xitoy Tibetda qiymati 167,2 mlrd dollarga teng gidroenergetika loyihasini boshladi

Xitoy Tibetda qiymati 167,2 mlrd dollarga teng gidroenergetika loyihasini boshladi

Ta’kidlanishicha, gidroenergetika loyihasini amalga oshirish bilan China Yajiang Group kompaniyasi shug‘ullanmoqda, u qurili…
10:06 / 20.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!