Joriy yil 2–3-noyabr kunlari DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qoraqalpog‘iston IIV xodimining korrupsion jinoyati bilan bog‘liq holat aniqlandi.
Ma’lum qiliniishcha, tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi fuqaro A.U. o‘zining mahsulotini YPX maskanlari orqali Xorazm hududiga o‘tkazishga ruxsat berish evaziga bir guruh shaxslar tomonidan pul talab qilinayotgani haqida ariza bilan murojaat qilgan.
Olib borilgan tezkor tadbirda fuqaro K.U. tadbirkordan 50 ta yuk mashinasi uchun 3,5 mln. so‘mdan jami 175 mln. so‘m miqdoridagi pulni pora sifatida olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Dastlabki surishtiruvda, K.U. qo‘lga kiritilgan pul mablag‘larini sherigi A.X.ga olib borib berishi kerakligini, u esa ushbu pullarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV xodimlariga berishi lozimligini ma’lum qildi. Shunga ko‘ra, sherigi A.X.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab ariza bilan murojaat qildi.
Ushbu arizaga asosan o‘tkazilgan tadbirning navbatdagi qismida fuqaro A.X. jami 50 ta yuk mashinasini navbatma navbat YPX maskanidan o‘tkazib olishga kelishib, 10 ta mahsulot ortilgan yuk mashinalari uchun 35 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.
O‘z navbatida, A.X. tadbirni davom ettirishini ma’lum qiladi va holat bo‘yicha ariza bilan murojaat etadi. Kelishuvga asosan, “Shadli aul” YPX maskanida xizmat olib borayotgan, Qoraqalpog‘iston IIV xodimi R.E. vaqt oz qolganligi va tong otgunigacha ulgurish kerakligi aytib, 3 ta mahsulot yuklangan transport vositalarinigina o‘tkaza olishini bildiradi.
Arizaga muvofiq, o‘tkazilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV xodimi R.E. fuqaro A. X.dan pul mablag‘larini olgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi va 25,211-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!