Aktrisa Raʼno Shodiyeva Toshkent ko‘chalarida adashib qolib, Transport vazirligiga murojaat yo‘lladi.
“Biz Bektemirdan qaytayotib xo‘jayinim bilan bitta ko‘prikda adashdik. 4 kilometr yurdik, lekin bitta ham yo‘l belgisi yo‘q. Qaysi ko‘cha bu, qaysi tuman bu — bilmayman, Sergelida yuribmiz shekilli. Yo‘l belgilari qani, kim bu bilan shug‘ullanadi? Yo‘l belgilari qo‘yinglar, biz-ku topib olamiz, Toshkentga kelgan mehmonlar nima qiladi? Biz chet elga borganimizda bemalol mashinani ijaraga olib yura olamiz. U yerda har qadamda yo‘l belgilari osib qo‘yilgan bo‘ladi. Nimaga bizda yo‘q?”, deydi Shodiyeva.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!