$
11964.27 UZS
-9.75
₽
144.49 UZS
-0.09
€
13323.41 UZS
-109.05
31° Kechasi 18°

Rasman! “Bunyodkor” bosh direktori va bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi

10:30 / 10.09.2022

“Oʻzbekneftegaz” boshqaruv raisi, “Bunyodkor” klubi prezidenti Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi yigʻilishda klub bosh direktori va bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi.

Klub rahbariyati, futbolchilar va Fan klub aʼzolari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda soʻnggi vaqtda klubdagi nosogʻlom muhit, klubning Superligadagi salbiy ishtiroki keskin tanqid qilingan.

Barcha sharoitlar yaratib berilganiga qaramay kutilgan natijani bermayotgani, bunga soʻnggi vaqtlarda, asosiy jamoaning koʻrsatayotgan oʻyinlari va erishgan natijalaridan ham koʻrish mumkinligi, xususan, Superliga joriy mavsumining 18-turidan soʻng jamoa 20 ochko jamgʻargan holda 9-oʻrinda borayotgani tanqid ostiga olingan.

Taʼkidlanishicha, 18 ta oʻyinda 20 ta gol urilgan boʻlsa, 29 ta toʻp oʻtkazib yuborilgan yoki toʻplar nisbati – 9. Superliganing 2021-yil mavsumida jamoa 18-turdan soʻng 29 ochko jamgʻargan holda 5-oʻrinni egallab turgan edi. Toʻplar nisbati esa + 12.

Mehriddin Abdullayev holat shu tarzda davom etadigan boʻlsa, “Bunyodkor” oʻzi tarixidagi eng sharmandali holatga tushishi, achinarlisi esa Superligani joriy yil yakuni bilan tark etishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

Bunday salbiy natijalar uchun avvallari moliyalashtirishdagi muammolar bahona qilingani, hozirda moliyalashtirishda muammo yoʻqligi aksincha klub va direksiya uchun zarur barcha mablagʻlar, oylik-maoshlari va mukofot pullari oʻz vaqtida moliyalashtirilayotgani aytilgan.

Yuqoridagilar klub direktori Mirzayev Ulugʻbek hamda asosiy jamoa murabbiyi Viktor Karpenkoning oʻz vazifalarini yetarli darajada bajarmayotganligidan dalolat berayotgani maʼlum qilingan hamda yuqoridagilardan kelib chiqib, klub direktori Ulugʻbek Mirzayev lavozimidan ozod etilib, uning oʻrniga “Bunyodkor” Akademiyasi direktori Aziz Haydarov tayinlangan.

Asosiy jamoa murabbiyi Viktor Karpenko oʻrniga “Bunyodkor” U-21 jamoasi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich tayinlangan.

Boshkovich futbolchi va murabbiy sifatida Yevropa futboli bilan tanish. Uning tajribasi jamoadagi natijalarni oʻzgartirishiga umid bildirilgan.

Ivan Boshkovichga avvalo jamoadagi muhitni oʻzgartirish, futbolchilar bilan alohida ishlash boʻyicha topshiriq va vazifalar berilgan. Shuningdek, Bosh murabbiy faoliyatiga har qanday aralashuv jazolanishi taʼkidlandi.

Akademiya rahbari sifatida shu kunga qadar faoliyat yuritib kelgan Aziz Haydarovning Klub Bosh direktori boʻlgani sabab, “Bunyodkor” akademiyasi direktorligiga Akademiyada faoliyat yuritib kelayotgan Islom Ahmedov tayinlangan.

Islom Ahmedov futbolda katta tajribaga ega ekspert hisoblanib, Akademiya rahbarligiga aynan shunday mutaxassis kerakligi bugungi kun talabi ekanligi aytilgan.



														
														Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonning «Ala-Arça» milliy boğida uzunligi 732 metr bölgan osma şişa köprik quriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda milliy …
10:32 / 08.11.2026

														
														Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Boks böyiça sobiq Avstraliya çempioni Joş Frederiksen 36 yoşida paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi. Bu haqda “World Boxin…
17:34 / 07.11.2026

														
														“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

Bugun, 27 oktyabr kuni Toşkentning “Paxtakor” jamoasi Elit Osiyo çempionlar ligasining 3-turi doirasida Iroqning “Eyr Fors” …
08:35 / 27.10.2026

														
														Angliyaning mashhur klubi Toshkentda akademiya ochishi mumkin.

Angliyaning mashhur klubi Toshkentda akademiya ochishi mumkin.

Angliyaning “Fulhem” futbol klubi Britaniya tajribasi va standartlari asosida Yangi Toshkentda futbol akademiyasini tashkil …
17:05 / 25.10.2026

														
														Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026/2027-yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchisi bo‘lishi ku…
15:35 / 19.10.2026

														
														O‘zbekiston FIFA reytingida necha ball yo‘qotdi?

O‘zbekiston FIFA reytingida necha ball yo‘qotdi?

Kecha, 6 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, 0:2 hisobida…
16:24 / 07.10.2026

														
														“Tekinga jang qilishga tayyorman”.

“Tekinga jang qilishga tayyorman”.

Meliqo‘ziyev chempionlik jangi uchun gonoraridan voz kechmoqchi.
16:09 / 07.10.2026

														
														Osiyo o‘yinlari yakunlandi.

Osiyo o‘yinlari yakunlandi.

Joriy yilgi Osiyo o‘yinlarida umumiy hisobda O‘zbekiston atletlari 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medalga sazovor…
15:43 / 04.10.2026

														
														Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Saudiyani yirik hisobda yengdi.

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Saudiyani yirik hisobda yengdi.

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi jamoa turnir yarimfinaliga chiqdi va final yo‘llanmasi uchun bahsda KXDR va Yaponiya …
16:19 / 25.09.2026

														
														Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni muomalaga chiqaradi

Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni muomalaga chiqaradi

O‘zbekiston Markaziy banki Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan esdalik tang…
15:57 / 23.09.2026

Bu ham qiziq

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan ayol bila…
10:08 / 10.11.2026
Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olgan şaxslar uşlandi

Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olgan şaxslar uşlandi

Samarqand va Guliston şaharlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 995 do…
14:28 / 09.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026
Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat işi 18-noyabr kuni körib çiqiş uçun tayinlangan bölib, jabrlanuvçi voyaga yetmaganli…
11:02 / 11.11.2026
Özbekistonda mahalliy maişiy texnika xaridi uçun 18 foizli kreditlar ajratilişi rejalaştirilmoqda

Özbekistonda mahalliy maişiy texnika xaridi uçun 18 foizli kreditlar ajratilişi rejalaştirilmoqda

Özbekistonda mahalliy işlab çiqarilgan maişiy texnikalarni xarid qiliş uçun yangi iste’mol kreditlari mexanizmi yölga qöyili…
13:45 / 09.11.2026
Töy kortejida yölni tösib, xavfli harakatlangan haydovçilar jazolandi

Töy kortejida yölni tösib, xavfli harakatlangan haydovçilar jazolandi

Toşkent viloyatining Qibray tumanida töy korteji vaqtida avtomobil yölini tösib, ilonizi şaklida harakatlangan haydovçilarga…
09:49 / 09.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026
Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026
Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Kelgusi yildan Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturini amalga oşiriş boşlanadi. Dastur doirasida mahalliy mutax…
13:35 / 09.11.2026
Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!