“Qirollik klubi” futbolchiga ancha vaqtdan beri qiziqib kelmoqda.
Madridning “Real” klubi “Manchester Siti” himoyachisi Joau Kanseloga qiziqish bildirmoqda.
As xabariga ko‘ra, Madrid klubi futbolchiga 2014-yildan 2018-yilgacha o‘ynagan “Valensiya”dagi vaqtidan beri qiziqib kelgan.
“Real Madrid” kelasi yozda 29 yoshga to‘ladigan portugaliyalikning transferi 40-50 million yevroga tushishiga ishonmoqda. Karlo Anchelotti bu futbolchining fazilatlarini yaxshi biladi va uning moslashuvchanligini qadrlaydi. Kanselo hozirda “Man Siti”da chap qanot himoyachisi sifatida ajoyib o‘ynamoqda, biroq u “Valensiya”da bo‘lgani kabi vinger sifatida ham harakat qila oladi.
Qayd etilishicha, Kanselo “Real”dan qiziqish borligidan allaqachon xabardor. Agar Madrid rasmiy transfer taklifi bilan chiqsa, uni mamnuniyat bilan qabul qiladi.
Joriy mavsumda himoyachi “Man Siti” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Yaqinda u “shaharliklar” bilan shartnomasini 2027-yilning yoziga qadar uzaytirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!