“O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi sa’y-harakatlari bilan Rossiyaning Samara viloyatida mushkul ahvolda qolgan N.T. va uning voyaga yetmagan farzandlari O‘zbekistonga olib keldi”, – deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Bosh konsulxonadan olingan ma’lumotga ko‘ra, Samara viloyati ichki ishlar xodimlari N.T. va uning bolalarini shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlari yo‘qligini ro‘kach qilib, politsiya bo‘limiga olib ketgan. Shundan so‘ng, N.T. Samara viloyatidagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga, bolalar esa Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga va Samara shahri bo‘yicha Vasiylik va homiylik organlar xodimlariga topshirilgan.
Bosh konsulxona xodimlari Samara viloyatining tegishli idoralari bilan olib borgan muzokaralari natijasida N.T. va uning farzandlarini O‘zbekistonga qaytarish yuzasidan kelishuvga erishilgan.
Ular “Samara-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviareysi orqali O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!