Ruslan Nurudinov Samoadagi xalqaro turnirda chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Samoaning Apia shahrida og‘ir atletika bo‘yicha nufuzli xalqaro turnir – Universal Weightlifting Cup bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa Osiyo va Okeaniya mintaqasining yetakchi atletlari uchun yilning eng muhim startlari – Osiyo o‘yinlari hamda Jahon chempionati oldidan muhim tayyorgarlik bosqichi sifatida baholanmoqda. Turnirning eng katta qiziqish uyg‘otgan yo‘nalishlaridan biri -110 kg vazn toifasi bo‘ldi. Ushbu vaznda asosiy raqobat hamyurtimiz Ruslan Nurudinov va qozog‘istonlik Artyom Antropov o‘rtasida kechishi kutilgandi. Biroq 2024-yilgi jahon chempioni Antropov viza muammolari sabab Samoaga yetib bora olmadi.
Natijada Olimpiada va jahon chempioni Ruslan Nurudinov ikkikurash yakunlariga ko‘ra 400 kg natija bilan musobaqa g‘olibiga aylandi. U dast ko‘tarishda 178 kg, siltab ko‘tarishda esa 222 kg vaznni muvaffaqiyatli zabt etdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!